Nafaqat tasviriy san'at namunalari va haykallar, balki binolarni ham san'at asari deb ataş mumkin. InsiderPro me'morlar tanloviga köra eng körkam va ajoyib 22 bino surati bilan bölişdi.
Afinadagi Parfenon, Gretsiya
"Bu - me'moriy gözallik kvintessentsiyasi. Dorik order, katta masofadan tikka körinadigan entazis (ustunlarning biroz qiyşiqligi)dan foydalaniş... binoning tepalikda joylaşuvi - bularning bari me'morçilik asoslariga aylandi. Biz ulardan bugunga qadar foydalanamiz va uni yanada takomillaştirişga harakat qilamiz".

Tara Imani, Tara Imani Designs firmasi asosçisi
Braziliya milliy kongressi, Brazilia
"1974 yilda mening olim otam bizni Braziliyaning yangi poytaxtiga olib bordi. Öşanda u köplab me'morçilik şaydolarining fikru xayolini egallab olgandi. Le Korbyuze uslubidagi dahalar quş şaklida loyihalaştirilgan edi. Turar-joylar "qanotlar"da joylaşgandi. Asosiy "tana"sida elçixonalar, hukumat idoralari, madaniy va diniy muassasalar örin olgandi".

Juliya Donoxo, boş muhandis va Equinox Design and Development kompaniyasi loyihalari rahbari
San-Paulu san'at muzeyi, Braziliya
"Juda dadil dizayn. Muzey 1968 yilda loyihalaştirilgan va beton hamda şişadan qurilgan. Bino ikki tomondagi ustunlargagina tayangan. Loyihani me'mor-ayol işlab çiqqani menga xuş yoqdi".

Damaris Xollingsvort, DLR Group kompaniyasi loyihalari rahbari
Pekindagi taqiqlangan şahar ibodatxonasi, Xitoy
"Dizayn ölçamlari, mustahkamligi, komleks tuzilişi va bir vaqtning özida oddiy şakllari bilan hayratga soladi. Mening bobom me'morçilik kelgusi avlodga xabarçi sifatida xizmat qiladi, deb aytgan. Bu butun boşli sivilizatsiyaning madaniy kapsulasidir".

Roza Şen, Bohlin Cywinski Jackson firmasining katta me'mori
Florida Politexnika universiteti qoşidagi Innovatsiyalar, ilm-fan va texnologiyalar markazi, AQŞ
"Men Santyago Kalatravada işlab, universitet şaharçasi loyihasini işlab çiqaruvçilar jamoasiga qöşildim. Men Innovatsiyalar, ilm-fan va texnologiyalar markazining nafaqat betakror me'morçiligiga maftun böldim, balki bu maskan va Leyklend aholisi bilan qandaydir boğliqlikni his qildim - bu yerda mening otam ulğayib ösgan, şu bois men ota-onamni köriş uçun tez-tez kelib turaman".

Marika MakKil, Studio MM rahbari
Xubertusning Amsterdamdagi uyi, Niderlandiya
"Bino yolğiz onalarni qabul qilib, ularni muhofaza qilgan muassasa uçun biroz kattaroq va rang-barang körinişga ega. Bu - pölat, şişa va betondan bunyod qilingan modernistlar loyihasi. Şunday bölsa-da, unda an'naviy qöşni binolarga hurmat belgilari ham közga taşlanadi".

Renji Doyç, Deutsch Insights kompaniyasi rahbari va Illinoys Universiteti professori
Nyu-Yorkdagi Empayr-Steyt-Bilding, AQŞ
"Men olti yoşimdan me'mor bölişni orzu qilganman - bunga qisman şu bino sababçidir. Ota-onamiz bizni maşinaga ötkazib, River-roud hamda Şarqiy bulvar böylab sayr qildirişardi va biz Manxetten manzarasidan zavq olardik. Antenna şaharning millionlab aholisi uçun qabulni yaxşilab, binoning qadrini yanada oşirdi".

Uilyam Martin, WJM Architect studiyasi asosçisi
Niteroydagi Zamonaviy san'at muzeyi, Braziliya
"Suv ustida joylaşgan muzeyga yaxşilab nazar solinsa, yaqin orada ösuvçi gullarga hamohanglik seziladi. Muzeyga ajoyib puşti yölak orqali kirib boriladi. Hoynahoy, bu binoga olib boruvçi eng gözal yölak bölsa kerak: oddiy va nafis..."

Piter Eksli, Çikago San'at instituti professori va "Me'morçilik - bu qiziq" loyihasi asosçisi
Osakadagi Yoruğlik çerkovi, Yaponiya
"Tadao Ando oddiy va keng şakllarni göyoki kun davomida raqs tuşayotgan çiroq öyini bilan uyğunlaştiruvçi betakror binoni yarata olgan. Oçiq kenglik örtasidagi çerkov insonda noyob, sehrli hissiyotlarni uyğotadi".

Frenk Kunya III, FC3 Architecture + Design kompaniyasining boş direktori va yetakçi me'mori
Şarqiy Angliyadagi Işbilarmonlik markazi, Noridj, Buyuk Britaniya
"Markaz ajoyib me'morçilik va organik dizayn namunasi hisoblanadi. U öz davrida tasavvur çegaralarini kengaytirişga uringan binolar orasida joylaşgan".

Ben Adam-Smit, House Planning Help kompaniyasi asosçisi
Barselonadagi Kasa-Mila, Ispaniya
"Kasa-Mila çiziqlar jöşqinligi, ertaknamo körinişi bilan kişilarni hayratga soladi. Bu turar-joy öz xususiyatlariga köra noyob hisoblanadi".

Klark Manus, Heller Manus Architects boş direktori va Amerika me'morlar institutining sobiq prezidenti
Fort-Uertdagi Kimbella badiiy muzeyi, AQŞ
"1974 yilda qurilgan bu muzey badiiy galereyalarning tabiiy yoritilişi konsepsiyasini oldindan belgilab bergan. U modernistik uslubning yorqin namunasi hisoblanadi".

Bob Borson, Malone Maxwell Borson Architects'ning yetakçi me'mori
Mill-Ran şarşarasi uzra qad kötargan uy, AQŞ
"Örmon yuragiga köçirilgan sof modernistik şakllar. Men bu binoni deyarli heç qaçon suratlarda körinmaydigan bir jihati uçun yaxşi körib qolganman. Bu - uyga elituvçi yölak. Siz qalin örmondagi tor qişloq yöli böylab uzoq yurasiz - va nihoyat, köz öngingizda ajoyib uy paydo böladi".

Bryus Terner, mustaqil me'mor, Nyu-Jyersi
Filadelfiyadagi Barns fondi muzeyi, AQŞ
"Bu ança maşhur va ehtimol, juda köp ziyorat qilingan joylardan biri. Şunday bölsa-da, binoni öz közingiz bilan körganingizda hayrat hissi qamrab oladi".

Li Kalisti, Calisti Architecture and Design asosçisi
Ronşandagi Notr-Dam-dyu-O, Fransiya
"Bino dadil, novatorlik dizayni bilan ajralib turadi. U ötmişdan minnatdor bölib, kelajakka boqayotgandek tasavvur uyğotadi".

Jonatan Braun, JHP Architecture/Urban Design byurosi katta xodimi
Muqaddas Jyeneveva kutubxonasi, Fransiya
"1850 yilda bunyod etilgan kutubxona me'morçilikning haqiqiy gavhari. Kulrang toşdan qad kötargan klassik devorlar keng öquv zalini közdan yaşiradi"

Jared Banks, Shoegnome Architects kompaniyasi me'mori
Jonas Solkning La-Xolyadagi Biologik tadqiqotlar instituti, AQŞ
"Solk instituti tadqiqotlar va olimlarni ilhomlantirib, kenglikni ilohiy tarzda birlaştirib turadi".

Klark Manus, Heller Manus Architects boş direktori va Amerika me'morlar institutining sobiq prezidenti
Los-Anjyelesdagi Şits-Goldsteyn qarorgohi, AQŞ
"Köpçilikka "Katta Lebovski" filmi orqali tanilgan bu bino özining misli körilmagan şakllari bilan tasavvur olamimizni hayratga soladi".

Evan Troksel, HMC Architects kompaniyasi loyihalarining katta dizayneri va Archispeak podkastlari boşlovçisi
Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi aeroportining TWA terminali, AQŞ
"TWA terminali kompyuterlar davriga qadar loyihalaştirilgan va öz vaqtidan ança ilgarilab ketgan. Muallif beton va şişa yordamida havo sayohatlari taassurotlari va romantikasini yetkazib bera olgan. Har tomondan, har bir burçakdan qandaydir yangi, noyob jihat oçiladi. Qurilişdan hatto ön yil keyin ham bino avvalgidek uzoq kelajakdan kelgan mehmondek tuyuladi".

Jozef Devid, Nyu-jyersilik me'mor
Kapridagi Malaparte villasi, Italiya
"Me'morçilikning mohiyati atrofdagi kenglik bilan aloqadorlikda namoyon böladi. Malaparte villasi dizayni - tabiat va me'morçilikning betakror uyğunligi. U bu maskan körkiga körk qöşib turadi".

Yurgen van der Ploug, Faro Architecture studiyasi hammuassisi
Kembrijdagi Massaçusets texnologiya instituti kapellasi, AQŞ
"Men öz me'morçilik kareramning boşida birinçi marta kapella bilan tanişganman. Ammo uni öz közlarim bilan körgaçgina me'morçilik qanday bölişi mumkinligini anglab yetganman. Ölçamlar, materiallar, yoruğlik quriliş ruhiyatiga kirib borişga yordam beradi. Şu lahzadan men me'morçilikning mohiyati nimada ekanini tuşuna boşlaganman".

Laura Tomas, Melville Thomas Architects prezidenti va boş mutaxassis
Londondagi Lloyd's binosi, Buyuk Britaniya
"Bu me'morçilikdagi yuqori texnologik uslubning eng yaqqol va murakkab vakili. Binoning butun tuzilmasi - zinalar, liftlar, dekor bezaklari uning ustida. Uy qöşni tarixiy binoga qarama-qarşi - vertikal joylaşgan ulkan harakatçiga öxşaydi. Menga uning me'moriy oçiqligi yoqadi"

Jyeffri Roberts, Sera Architects byurosi me'mori











