“Şaharsozlik renovatsiyasi töğrisida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Hujjatda aytilişiça, bugungi kunda turar va noturar joy obektlarining energotejamkorligini oşiriş, yaşil hududlarni köpaytiriş, şaharlarning taşqi arxitekturaviy qiyofasini yangilaş, avariya holatidagi va eskirgan obektlarni buziş, qayta quriş jarayonlari hamda mulkdorlarning huquqlari himoyasini huquqiy jihatdan töğri tartibga soliş maqsadga muvofiq.
Ma’lumot uçun, ayni paytda respublikada 42 mingga yaqin köp kvartirali uylar mavjud bölib, ularning 30 795 tasi (73 foiz) 1991 yilgaça qurilgan, şundan 1032 tasi instrumental texnik körikdan ötkaziş talab etiladigan, 223 tasi seysmik zaif bino-inşootlar ekanligi aniqlangan.
Şu bois, renovatsiya asosida uy-joy fondi obektlarini me’moriy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan yangilaş (renovatsiya qiliş) zaruriyati yuzaga kelmoqda, deyiladi loyihada.








