Yoz oylari boşlanişi bilan butun dunyoda mehnatga layoqatli aholi sonini töldirgan kollejlarning yangi bitiruvçilari katta kompaniyalar emas startaplarni tanlab, iş izlay boşlaşadi. Accenture kompaniyasi tomonidan ötgan yili dunyo böylab ötkazilgan sörovlarga köra, Amerikadagi öquv yurtlari bitiruvçilarining faqat 14 foizi korporatsiyalarga işga joylaşişni istaşadi, söralganlarning 44 foizi esa startap yoki kiçikroq firmaga işga kiriş istagini bildirişgan, deb yozadi Harvard Business Review.

Startapda işlaş birmunça afzalliklarga, masalan, noformal muhitga egaligi, işlab çiqarişdan ayrilmagan holda tezkor ta'lim oliş bilan şuğullaniş, köproq mustaqil harakat qiliş imkoniyatiga ega bölişiga qaramasdan, bir qator kamçiliklardan ham xoli emas. Karerangizni boşlaş uçun startap ideal joy, degan qarorga kelişdan avval siz u haqida hamma narsani bilişingizga amin böling. Bunday kompaniyalar va yaqinda öqişni bitkazgan xodimlar bilan işlaşdagi tajribamga asoslanib, yoş mutaxassislarning xayoliga kelmaydigan va ular e'tibor bermaydigan qiyinçiliklarga diqqatni jalb qilmoqçiman, deya örtoqlaşadi maqola muallifi Loren Berger.

Belgilab qöyilgan maoş va imtiyozlarning yöqligi. Işga qabul qilinganingizdan söng siz qilişingiz lozim bölgan dastlabki narsa — mehnatingizga haq tölaş şartlarini kelişib oliş. Mana şu joyda dastlabki qiyinçiliklar paydo böladi: startapda muzokaralar yöli bilan kattaroq maoş yoki biror-bir imtiyozlarga ega böliş imkoniyati minimum darajada. Agar sizga moliyalaştiriş bilan boğliq muammolardan xoli startapda işlaşni taklif etişsa, u yerda siz öz vazifangizda yaxşi pul işlab topişingiz mumkin. Biroq sizni faqat öziga işonuvçi entuziastlar guruhi öz safiga çorlasa, daromadlaringiz kutganingizdan kamroq bölişi ham mumkin. Startapdagi maoş korporatsiyadagi muqim oylikdan köra tebranişlarga köproq duçor böladi. Imtiyozlar-çi? Startaplarning aksariyati tibbiy suğurtani taklif etmaydi, şuningdek, pensiya rejasini ham, çunki bunday bonuslar taqdim etiş uçun ularga şunçaki pul yetmaydi. Şu sababli, bu yerda işlaşni boşlaş oldidan ana şunday jihatlarga e'tibor qaratmoq kerak.

Doimo özgarib turuvçi korporativ madaniyat. Kompaniyaning korporativ madaniyati jamoa a'zolari bir-birlari bilan qanday muomala qiliş, turli masalalarni birgalikda qanday yeçiş va hamjihatlikda qanday işlaş asosida şakllanadi. Yirik kompaniyalarda yangi mutaxassis mavjud madaniyat va örnatilgan qoidalarga duç keladi. Biroq siz startapning dastlabki 20 nafar xodimidan biri bölişga ulgursangiz bu madaniyatni şakllantirişda özingiz iştirok etasiz. Bu jihat esa barçani, ayniqsa, işga birinçi marta joylaşayotganlarni izdan çiqarişi mumkin. Agar aksariyat startaplar singari sizning kompaniyangiz yuqori darajali kadrlar qönimsizligiga ega bölsa, korporativ madaniyatni tuziş yanada qiyin böladi.