O‘zbekistondagi «silikon vodiysi» rezidentlariga qator imtiyoz va priferentsiyalar taqdim etildi
5 iyul kuni poytaxtdagi Inha universitetida dasturiy mahsulotlar eksportchilari bilan "Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonda belgilangan vazifalar ijrosining mexanizmlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga doir muhokama tarzidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda qatnashgan "Kun.uz" muxbirining xabar berishicha, uchrashuv ishtirokchilari Prezident farmoni va Innovatsiya markazining faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelgusidagi rejalar bilan tanishishgan. Shu bilan birga, qatnashchilarga Innovatsiya markazi rezidenti maqomini olish uchun qo‘yiladigan shartlar loyihasi taqdim etilgan. Bundan tashqari, yangi markaz rezidentlariga yaratiladigan imtiyozlar haqida ham ma'lumot berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Mirzo Ulugbek Innovation Center" innovatsiya markazi rezidentlariga qator imtiyoz va priferentsiyalar taqdim etdi. Jumladan, 2028 yilning 1 yanvar kuniga qadar markaz rezidentlari soliq va majburiy to‘lovlardan ozod etiladi.
Innovatsiya markazi rezidentlarining xodimlari uchun qo‘shimcha imtiyozlar, jumladan 2028 yilning 1 yanvarigacha olingan mehnatga haq to‘lash ko‘rinishidagi daromadlar jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan qayd qilingan stavka bo‘yicha 7,5 foiz soliq undirilishi, fuqarolarning byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga 4,5 foiz stavka bo‘yicha sug‘urta badallari to‘lashlari ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
20:52 / 04.10.2024
Saida Mirziyoyeva Kreativ iqtisodiyot anjumani hamkorlariga minnatdorlik bildirdi
10:30 / 17.09.2024
Ilmiy va innovatsion faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar reyestri joriy etiladi
21:37 / 05.08.2024