Özbekistonda ayni paytda global-siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar davri boşlandi. Şuning barobarida davlat va jamiyat hayotining juda köp tarmoqlariga yangiça nuqtai nazar bilan qaraşga ötildi. Aytiş kerakki, migrantlarning mamlakat iqtisodiyotiga qöşayotgan hissasi salmoqlidir. Ammo jarayon iqtisodiy ösiş bilan çegaralanib qolmaydi. Migrant zamonaviy texnologiyalar bilan işlab, öz tajribasini oşiradi, dunyoqaraşini kengaytiradi. Hozirgi kunda taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining faol iştirokida uşbu sohadagi huquqiy asoslar takomillaştirilmoqda.

Bugun mazkur agentlik hayotida qanday özgarişlar bölmoqda? Aholi örtasida agentlikka bölgan munosabat nimalar evaziga yaxşilanmoqda? Kun.uz ijodiy jamoasi Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining boşliği vazifasini bajaruvçisi Xöjabahlil Asomov bilan oçiq muloqotda böldi. 

Xöjabahlil Asomov çetga işlaş uçun ketmoqçi bölgan aholiga yanada qulaylik yaratiş maqsadida agentlik tomonidan olib borilayotgan işlar haqida töxtalar ekan, şunday dedi: “Ayni kunlarda dunyo tajribasidan kelib çiqqan holda şunday jarayonlar ketyaptiki, yaqin kelajakda aniq-aniq davlatlarga işlaş uçun odam yuboriş bilan xususiy kompaniyalar şuğullanişni boşlaydi. Bu yangilik qonun yöli bilan tasdiqlanadi va mustahkamlanadi. Bundan taşqari, agentlikning şu kungaça Özbekistonning beşta viloyatida filiali mavjud bölgan bölsa, bugunga kelib ular butun respublika böylab oçildi. Ular bizning joylardagi vakillarimiz bölib, fuqarolar özlarini qiziqtirgan barça savollar bilan filiallarimizga murojaat qilişlari mumkin böladi. Bundan taşqari, qaysi bir davlat bizga vakant jönatsa, uşbu vakant haqida ma'lumot barça filiallarda böladi”.

Janubiy Koreyaga işlaş uçun ketiş vaqtida olingan imtihonda yuzaga çiqqan maşmaşa haqida izoh bera turib, suhbatdoşimiz quyidagi fikrlarni bildirib ötdi: “Bu masala nafaqat Özbekistonda, balki ayrim çet el davlatlarida ham öziga xos reaksiya keltirib çiqardi. Aytişim mumkinki, öşa jarayonga mas'ul barça rahbar va xodimlar lavozimidan ozod etildi. Test sinovlarini taşkil etişda kelgusida yangiça yondaşuv qöllaniladi. Ya'ni, çet davlatga işlagani ketmoqçi bölgan fuqaro yil ön ikki oy, haftaning beş kunida test topşirişlari mumkin böladi. Bundan taşqari, uşbu testlarga agentlik sayti orqali tayyorgarlik köriş imkoniyati taqdim etiladi. Bu bilan ular öz bilimlarini oşirib borişadi. Şu örinda aytib ötişim lozimki, bu tizim töliq işga tuşgaç, aholi örtasida qayta test sinovlari bölib ötadi. Aslida, ayni kunlarda saytimizning işlamay turganiga asosiy sabablardan biri ham ana şu. Maqsadimiz mukammal va tez işlovçi saytimizni işga tuşirişdir”.

Xöjabahlil Asomovning ma'lum qilişiça, Koreyada özbek işçilarining imiji tuşib bormoqda. Bunga qator sabablar bor. Masalan, bulardan eng kattasi ularning til bilmasligida ekan. Yana bir sabab özbek migrantlari öz iş joylarini tez-tez özgartirib turişarkan. Hujjatsiz ravişda avtomobil boşqariş va turli qoidabuzişlar ham bularga misol böla oladi.

“Şuni qöşimça qilib ötişni istardimki, Koreya tomoni keyingi sinovlarda migrantlarning nafaqat til bilişiga, balki ularning kasbiy malakasini tekşiriş uçun ham test ötkazişadi”, dedi Xöjabahlil Asomov.

Suhbatdoşimiz yangi davlatlarga işçi kuçi yuboriş haqida töxtalar ekan şunday dedi: “Hozirgi kunda Yaponiya, Polşa, Rossiya, Qozoğistondan taşqari Turkiya, Ummon va BAA kabi davlatlar bilan yangi hamkorlik yölga qöyilgan. Keyinçalik “qaysi davlatlar”, degan tuşunça bizning agentlik faoliyatida bölmaydi. Çunki biz Özbekiston fuqarosi qaysi davlatda işlamasin, uning xavfsizligini ta'minlaş böyiça zarur işlar olib boramiz”.

Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining boşliği vazifasini bajaruvçisi Xöjabahlil Asomov Rossiyaga işlaşga ketiş mavzusiga alohida töxtalib ötdi. “Rossiya Özbekistonning strategik hamkori hisoblanadi. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning joriy yil Rossiyaga qilgan taşriflari davomida Rossiya hududida Özbekiston fuqarolarini vaqtinça işga joylaştiriş böyiça katta bitim imzolandi. Bu fuqarolarimizga nima beradi? Birinçidan, Rossiyaga işlagani ketayotgan fuqaro aynan qayerga işlagani ketayotgani, qança maoş olişi, qayerda yaşaşi va şu kabi holatlarni oldindan biladi. Ikkinçidan, Rossiya hududida işlaş uçun olinadigan “patent”da test sinovlari bor edi. Endilikda ana şu test Özbekiston hududida topşiriladigan böldi. Ilgari “patent”dagi uçta şart – tibbiy körik, rus tili va qonunçiligi böyiça test va ijtimoiy suğurta Rossiyaning özida olinar edi”.  

Suhbat davomida çet elda işlaş tartib-qoidalari, litsenziya oliş holatlari va yana köplab savollarga javob olindi. Intervyuning töliq hajmini tomoşa qilişingiz mumkin.