Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Medvedev Rossiyada rus tilini bilmaydigan bolalarni maktabga qabul qilmaslikni taklif etdi
Migrantlarning til bilmaydigan farzandlari ta’limning umumiy darajasiga putur yetkazayotgani ta’kidlandi.
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev migrantlarning rus tilini bilmaydigan farzandlarini maktabga qabul qilmaslikni taklif etdi.
Medvedevning davlat migratsiya siyosati bo‘yicha yig‘ilishdagi nutqi uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilindi.
«Bir holat tez-tez muhokama qilinyapti. Rus tilini bilmaydigan bolalar maktablar va boshqa ta’lim muassasalariga qabul qilinmoqda. Bundan ta’limning umumiy darajasiga putur yetyapti. Buni hamma biladi va bunga barham berish vaqti keldi», dedi u.
Avvalroq, migrant bolalar Rossiya maktablariga qabul qilinishidan oldin rus tilida imtihon topshirishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Davlat Dumasi spikeri o‘rinbosari Irina Yarovaya so‘zlariga ko‘ra, «Maktablarga qabul qilinadigan bolalarning rus tilidan bilimini majburiy sinovdan o‘tkazish zarur. Shuningdek, bola maktabga borishdan oldin ham tayyorgarlikdan o‘tishi, qaysi tilda material o‘rganishi, o‘qituvchi va tengdoshlari bilan muloqot qilishini aniq bilishi kerak».
Uning ta’kidlashicha, Davlat Dumasi qonunchilikka shu haqdagi o‘zgartirishlarni tayyorlamoqda.
Mavzuga oid
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
17:36 / 24.06.2026
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda migrantlar uchun markaz tashkil etishi mumkin - OAV
21:39 / 22.06.2026
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan komissiya undirish taklif etildi
17:32 / 19.06.2026