1997 yilda kompaniya IPO (Initial Public Offering — dastlabki oşkora taklif) ga ötganidan buyon Amazon aksiyalari 66.700 foizga qimmatlagan. Investorlarning barçasi Jyeff Bezosning «farzandi» çakana savdo global bozorini ostin-ustin qilib taşlaydi, degan fikrda. Nega? 

Forbes jurnali vaziyatni tahlil qildi va milliarderlarning fikri bilan örtoqlaşdi 

Jahondagi eng yirik internet-riteyler — Amazon’ning IPOsi fond bozori tarixidagi barça voqealar içida eng buyugi böldi, deyişmoqda Amerikaning The Motley Fool moliya kompaniyasi ekspertlari.

Kompaniyaning 1997 yilda IPOga çiqişidan buyon uning aksiyalari 66 ming yetti yuz foizga qimmatlagan, Amazon asosçisi Jyeff Bezos esa milliarderga aylandi — Forbes talqiniga köra, 2017 yil yarmisiga kelib tuzilgan jahonning eng badavlat insonlari röyxatida u 72,8 milliard dollar boyligi bilan uçinçi örinni egallab turibdi

Xöş, internet-gigant muvaffaqiyati haqida boşqa milliarderlar qanday fikrda?

Foto: Scott Eells / Bloomberg via Getty Images

Berkshire Hathaway aksiyadorlarining yaqinda bölib ötgan yillik yiğilişida Uorren Baffet (73,4 mlrd. dollar boylik bilan Forbes röyxatida ikkinçi turgan inson) Amazon’ni xarid qiliş imkoniyatini qöldan boy berganini aytib ötgan. Öz vaqtida nega kompaniyaga pul tikmaganligi haqidagi savolga u qisqagina qilib, «Bu ahmoqçilik bölardi», deb javob bergan.

«Biror narsani özining haqiqiy bahosidan 10 barobar qimmatga taklif qilib turişsa, uni xarid qiliş oson iş bölmaydi», — deya fikrini davom ettirgan Baffet, bu gaplari Alphabet’ga ham taalluqli ekanini ham qayd etar ekan. Biznesmenning sözlariga köra, Amazon hali endi oyoqqa turayotgan paytlarda Jyeff Bezos unda katta taassurot qoldirgan, biroq kompaniya bunday ulkan miqyosga yetişini sira kutmagan ekan: «U nafaqat çakana savdo olamini, şuningdek IT-sanoatni ham bir silkitib oldi».

«Bu ulkan salohiyatli qudratli, juda qudratli ğoyalar edi, Bezos ularni amalga oşirişga muvaffaq böldi», — deya öz fikrini yakunlagan Berkshire Hathaway xöjayini.