O‘zbekiston | 17:50 / 28.07.2017
19842
1 daqiqa o‘qiladi

Iqtisodiyot vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlangan.

«Kun.uz» nashriga Namangan viloyati hokimiyatidagi manba xabar berishicha, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Akmalxon Ortiqov Iqtisodiyot vazirining Demografiya, ijtimoiy sohani va mintaqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan.

Akmalxon Ortiqov 1980 yilda tug‘ilgan, Toshkent davlat iqtisodiyot institutini tamomlagan. 2001 yildan 2013 yilgacha Moliya vazirligi tuzilmasida faoliyat ko‘rsatgan.

2013—2015 yillarda u Namangan viloyati hokimiyatida moliya boshqarmasiga rahbarlik qilgan, 2015—2017 yillarda Farg‘ona viloyati moliya bo‘limida rahbar bo‘lgan.

U endi aprel oyida Iqtisodiyot vazirligidan Yashnobod tumani hokimligiga o‘tkazilgan Dilmurod Turdiyev o‘rnida ish boshladi.

Mavzuga oid