AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo jangining 5 jihati
So‘nggi vaqtlarda AQSh prezidenti Donald Trampning Xitoyga nisbatan tahdidlari haqida xabarlar tez-tez paydo bo‘lmoqda. Aslida, Tramp aprel oyidagi Si Tszinpin bilan Floridadagi uchrashuvida juda do‘stona muloqot o‘tkazganidan taassurot paydo bo‘lgandi. Keyinchalik, Amerika ma'muriyati Amerika go‘sht yetkazib beruvchilari va moliyaviy xizmatlarining Xitoy bozorida keng ishtirok etishi bo‘yicha kelishuvlar hamda Shimoliy Koreya masalasi borasida hamkorlik haqida so‘z yurita boshladi. Ammo, bir oylar muqaddam bu do‘stlik barham topdi. Ayni vaqtda nima yuz bermoqda va nima uchun shunday bo‘lmoqda? CNN masalaga o‘z yondashuvini e'lon qildi.
1. Nima uchun hammaning yodiga Xitoy bilan savdo masalasi tushib qoldi? 15 avgustda AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat savdo vakili Robert Laytxizerga murojaat qilib, Xitoy AQSh bilan imzolagan savdo kelishuvlarini buzayotgani yoki yo‘qligiga oydinlik kiritishni so‘radi.
2. Muammo nimada? Laytxizer Xitoy o‘zida biznes faoliyati yurituvchi Amerika kompaniyalarining qimmatli tijoriy sirlarini haqiqatdan ham o‘g‘irlagani yoki yo‘qligi, yoxud ularni o‘z innovatsiya rejalarini taqdim etishga majburlaganini aniqlashi kerak. Amerika kompaniyalarining ta'kidlashicha, Xitoy ularni tijoriy sir hisoblanuvchi ma'lumotlarni oshkor qilishga majburlaydi. Buning evaziga ularni qiiziqtirgan bozor ochib beriladi. Tahliliy markazlar, sohaviy guruhlar va AQSh hukumatiga ko‘ra, Pekin kompyuter tarmoqlarini buzish, yirik texnologiya kompaniyalarini kuzatish bilan shug‘ullanadi. Xitoy tomoni bu da'volarni rad etadi.
3. Xitoy importiga boj joriy etiladimi? Bu unchalik majburiy chora emas. Tramp direktivani imzolagach, Laytxizer tergovni boshlashini bildirdi. Agar AQSh hukumati qoidabuzarliklarni isbotlovchi dalillar topsa, Tramp Xitoy mahsulotlarini import qilishga tariflarni joriy etishi mumkin.
4. Bu Shimoliy Koreya bilan bog‘liqdir, balki? Tramp o‘zining saylovoldi kampaniyasida Xitoyning xalqaro savdodagi amaliyotlari xususida juda ko‘p gapirdi. Biroq u aprel oyida Pekinning Koreya yarim oroli masalasida yordam berishi evaziga o‘z fikrlaridan qaytganini bildirdi. Ya'ni Xitoy Shimoliy Koreyaga yadro dasturidan voz kechishi uchun bosim o‘tkazishi kerak edi. Ammo, amalda Pxenyan bilan keskinlik kuchaydi va Tramp bo‘layotgan ishlardan lol qolayotganini yashirmadi. Shimoliy Koreya Amerika qit'asiga yeta oladigan ballistik raketa sinovini o‘tkazganidan so‘ng, Tramp Twitter sahifasida shunday yozgan edi:
«Men Xitoydan umuman ko‘nglim qoldi. Bizning avvalgi ahmoq yetakchilarimiz ularga yiliga yuz mlrdlab dollar ishlashiga yo‘l qo‘yib berishdi, ammo ... ular biz uchun Shimoliy Koreya bilan hech narsa qilayotgani yo‘q, shunchaki so‘zda. Biz boshqa bunga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Xitoy osongina bu muammoni hal eta olardi!».
5. Xitoy nima demoqda? China Daily davlat nashrining yozishicha, Tramp ma'muriyatining so‘nggi qadamlari «Xitoy va AQSh munosabatlarini zaharlashi mumkin». «Koreya yarim oroli va savdo muammolari ikkita turli muammodir. Bir masalani hal etish maqsadida ikkinchisidan foydalanish mumkin emas». Xitoy TIV matbuot kotibi Xua Chun In jurnalistlarga shunday bayonot bergan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyoning ikki yirik iqtisodiyotining savdo urushida g‘oliblar bo‘lmaydi.
Mavzuga oid
08:02
AQSh Gonsalesni Venesuelaning saylangan prezidenti sifatida tan oldi
22:07 / 19.11.2024
AQSh Rossiya yadro siyosatining o‘zgarishi munosabati bilan o‘z yadro doktrinasini o‘zgartirmaydi
20:58 / 19.11.2024
Baydenning ruxsati urushning borishiga qanday ta’sir qiladi?
18:44 / 19.11.2024