Ukraina Qurolli kuçlari tunda Rossiyaning Bryansk viloyatidagi obektga oltita uzoq masofaga uçuvçi ATACMS raketasi bilan hujum qildi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi. Departamentning qayd etişiça, ulardan beştasi urib tuşirilgan, bittasi şikastlangan. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga köra, Bryansk viloyatidagi harbiy obekt hududiga şikastlangan raketa bölaklari tuşgan, yonğin çiqqan, ammo qurbonlar va vayronagarçiliklar yöq.

Bu AQŞ Ukrainaga öz qurollari bilan Rossiyaga zarba yöllaşga ruxsat bergani haqidagi xabarlardan keyin Kiyev tomonidan uzoq masofali raketalar bilan qilingan birinçi hujumdir.

Avvalroq, «RBK Ukraina» agentligi Bryansk viloyatining Karaçev şahri yaqinidagi harbiy obektga hujum uyuştirilgani haqida xabar bergan edi. Keyinroq Ukrainaning «24-kanali» Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi bu ma’lumotni tasdiqlamaganini xabar qildi.

17 noyabr kuni bir qança manbalar AQŞ uruş boşlanganidan beri birinçi marta Ukrainaga Rossiya hududiga uzoq masofali raketa zarbalarini yöllaşga ruxsat bergani haqida ma’lum qildi. Xususan, NYT va Reuters gap ATACMS raketalari haqida ketayotganini ta’kidladi, ularning zarba masofasi 300 km gaça.

19 noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin yadroviy tiyib turiş doktrinasning yangi asosini tasdiqladi. Hujjatda, xususan, yadro davlati kömagida yadro quroliga ega bölmagan davlat tomonidan mamlakat va uning ittifoqçilariga qarşi tajovuz qiliş ularning birgalikdagi hujumi sifatida baholanişi ta’kidlangan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov yangi doktrinaga köra, Ukrainaning Rossiyaga qarşi Ğarbning yadroviy bölmagan raketalarini qöllaşi ham yadroviy javobga olib kelişi mumkinligini ta’kidladi.