Bir guruh özbekistonliklar mamlakat prezidenti Şavkat Mirziyoyevga murojaat yölladi. 

Hurmatli Prezident, biz, Özbekiston fuqarolari, yurtimizning kelajagini, elimiz manfaatlarini öylaydigan, tariximiz, tilimiz va milliy qadriyatlarimizga befarq bölmagan vatandoşlar, Sizga jamiyatimiz uçun juda muhim bölgan bir masala böyiça murojaat etmoqçimiz.

2017 yil 25 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ön birinçi yalpi majlisida Toşkent viloyatidagi Töytepa şahri nomini Nurafşon deb özgartiriş qarori qabul qilindi. Biroq na «ÖzA» axborot agentligi bergan bu xabarda, na boşqa ommaviy axborot vositalarida şahar nomini özgartirişga asos bölgan sabablar körsatib ötildi.

Oliy Majlis Senati a'zolarini xalq saylaydi, şunday ekan, ular xalqning fikrini örganişlari, har bir qarori uçun el oldida hisobot berişlari kerak. Bu Konstitutsiyasida demokratik tamoyillar e'lon qilingan va uluğlangan davlatimiz qonunlariga hamda siz boşlab bergan «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» siyosatiga uyğun.

Biroq senatorlar butun boşli şaharning nomlanişini xalq muhokamasidan o‘​tkazmasdan, odamlarning fikrini örganmasdan o‘​zgartirişi va eng hayron qoldirgani - bunday  özgariş sabablari ma'lum qilinmagani ularning «xalq bilan muloqot» tuşunçasini yaxşi o‘​zlaştirganliklariga şubha uyğotadi.

Biz, özbeklar, juda boy va faxrlansa arziydigan tarixga egamiz, azaldan elimiz tomonidan qöllab kelinayotgan har bitta joy nomi ham tariximizning ajralmas bir qismi. Şunday ekan, nima asosda tomirlari uzoq ötmişga, Qoraxoniylar davlati davriga (10-12 asrlar) borib taqaladigan tarixiy nom siyqasi çiqib ketgan, özbek eli va özbek tarixi uçun heç qanday ahamiyatga ega bölmagan forsça «Nurafşon» söziga almaştirildi? Bu tariximizga hurmatsizlik emasmi?!

To‘​ytepa şahri nomi «Nurafşon»ga özgartirilişi köpçilik tomonidan salbiy qarşi olinganini ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan fikrlarda köriş mumkin. Buning sabablari yuqorida keltirib ötildi. Bunday özgariş Töytepa Toşkent viloyati markaziga aylanişi bilan boğ​lanmoqda. Töytepaning maqomini oşiriş, uni yanada rivojlangan va muhim şahar qiliş taşabbusingiz, albatta, juda yaxşi. Biz sizning, hurmatli Şavkat Mirziyoyev, bu ajoyib, yurtimizga, elimizga foyda keltiradigan tadbiringizni çin yurakdan qöllab-quvvatlaymiz. Biroq, bu şaharni ​o‘​zbekistonliklar bilan Töytepada yaşovçilar eski zamonlardan beri aynan «Töytepa» deb bilar ekan, xalqimizning köpçiligi viloyat markazi barçaga taniş va qadrli, çiroyligina, asl özbekça tarixiy nomiga ega bölişini istab qolardik. Çunki, qaysi millat öz tarixi bilan uzviy boğlangan bo‘​lsa, öşa ösadi, rivojlanadi, dunyo taraqqiyotida öz munosib örnini egallaydi. Azaldan saqlanib keladigan joy nomlari esa tarixiy xotiraning taşuvçilari, tarix şohidlaridir.