Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 16 qavatli uy xonadonlaridan birida yong‘in yuz berdi
Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Foto: FVB axborot xizmati
Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Nurafshon shahridagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.
15 iyul kuni soat 01:37 da Nurafshon shahridagi 1-yong‘in qutqaruv qismining dispetcherlik xizmatiga Nurafshon shahar “Yangiobod” mahallasidagi 16 qavatli uyning xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan yong‘in o‘chirish ekipajlari soat 01:44 da yong‘in joyiga yetib borib, alanga soat 02:05 da to‘liq o‘chirilgan.
Talafot oqibatida xonadonning 25 kvadrat metr maydoni zararlangan. Olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida xonadonning 50 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.
Yong‘in joyi ko‘zdan kechirilganda xonadonda hech qanday portlash alomatlari yo‘qligi ma’lum bo‘lib, yong‘in kelib chiqishining taxminiy sababi elektr uskunalaridagi nosozlik deb baholanmoqda. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Mavzuga oid

10:40
Usta Shirin ko‘chasidagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in kelib chiqdi

18:21 / 29.07.2025
Turkiyada yuqori harorat tufayli yirik o‘rmon yong‘inlari – fotosuratlar

09:58 / 29.07.2025
Andijonda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasidagi yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi

23:23 / 27.07.2025