Light | 22:03 / 11.10.2017
21047
9 daqiqa o‘qiladi

Yosh tadbirkorlar uchun: arzon va samarali reklamaning 9ta siri

Foto: Reuters

Startaplar o‘z faoliyatining birinchi bosqichida u qadar oson bo‘lmagan vazifani bajarishi - dunyoni o‘z mahsuloti bilan tanishtirishiga to‘g‘ri keladi, agar kompaniya yangi sohani boshlab berayotgan bo‘lsa, u holda yo‘l-yo‘lakay bozorni shakllantirishi ham kerak bo‘ladi. Boz ustiga, boshlang‘ich loyihaning marketing byudjyeti "yo‘qdan biroz ko‘proq". Biroq rivojlanishning asosiy kanallarini kichik jamoa va katta moliyaviy xarajatlarsiz o‘zlashtirish ham mumkin, deyiladi Forbes'da.

 

Do‘stona bo‘lishishni so‘rang

Byudjyet PR guruhlardagi do‘stona bo‘lishiluvchi postlardan boshlanadi — do‘stlaringiz va tanishlaringizdan sizni qo‘llab-quvvatlashni so‘rab, buning uchun ularga minnatdorchilik bildiring: foydalanuvchilar o‘z taassurotlari bilan bo‘lishishadi va kimdir ularning havolasi orqali kirsa, buning uchun bonusga (odatda chegirmaga) ega bo‘lishadi. Mazkur bosqichda referal kanal 50 foizgacha mijozlarni yo‘naltirishi mumkin. Umuman olganda, ijtimoiy tarmoqlarda bir foydalanuvchini jalb qilishga mablag‘ sarflab, ikki va undan ko‘p mijozni jalb qilasiz.

 

Xodimlarning kirish yo‘li orqali kiring

Maqsadli auditoriya portretini aniqlab, mijozlarga ularning ish beruvchisi orqali chiqish mumkin. Facebook'da ichki kommunikatsiyalar bilan shug‘ullanuvchilar yoki kerakli kompaniyaning HR-xizmatini boshqaruvchilarni topish qiyin emas. Loyihangiz ta'rifi keltirilgan, xodimlar uchun eksklyuziv chegirmalar, mas'ul shaxs uchun esa - bepul test taklif qilingan oddiy va qisqa xat yozing, xodimlar bazasi bo‘ylab jo‘natmalarni amalga oshirishni so‘rang. Nisbatan sodda usuli ham bor - chegirmali korporativ dasturlarning maxsus agregatorlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. Masalan, Primezone bilan.

 

Tayyor mijozlar bazasini izlang

Ko‘p kompaniyalarda katta mijozlar bazasi - banklar, sug‘urta kompaniyalari yoki to‘lov tizimlari bo‘ladi va ular ko‘pincha bu ma'lumotlarning tijoriy ahamiyatini oshirishga qarshi chiqishmaydi. Ular sizning taklifingizni o‘z mijozlariga promokod bilan jo‘natishga tayyor bo‘lishadi. Maxus belgilar aynan shu sherik orqali necha kishi mijozga aylanganini aniqlash imkonini beradi va tabiiyki, mukofot hajmi ham shundan kelib chiqadi. To‘langan mablag‘lar "professional" bonusga o‘tadi: masalan, sizga sug‘urta kompaniyasidan kelgan kishiga xorijga chiquvchilar sug‘urtasini taklif qilish mumkin.

Foto: Fotolia

Banklar bilan hamkorlik qiling

Boshqa dasturlarga, ayniqsa oddiy integratsiyali bank dasturlariga qo‘shilish - startap uchun ayni muddao. Siz faqat xizmatdan foydalangan muayyan insonni jalb qilganlik uchun pul to‘laysiz. Banklar esa, SRA-tarmoqlar (Cost Per Action modeli - shunchaki ko‘rganlik uchun to‘lov emas, foydalanuvchining xatti-harakati uchun to‘lov, masalan, saytda ro‘yxatdan o‘tishi, unga obuna bo‘lishi bo‘yicha ishlovchi reklama tizimlari)dan farqli o‘laroq, banklar offerni joylashtirish uchun nisbatan kam komissiya to‘laydi - mukofotning taxminan 1 foizi, SRA-tarmoqlarda esa bu ko‘rsatkich - 30 foiz.

 

Kontekst emas, maqsadli reklamani tanlang

Qidiruv so‘rovnomalarining barqaror tuzilmasi bo‘lsa, kontekst reklamani startda ishga tushirgan yaxshi, bunda bozorda katta byudjyetli raqiblar yo‘q. Boshqa barcha holatlarda startap uchun bu - qimmat va nomuvofiq jihoz. Ko‘proq sinalgan klassik sotuv kanallari - ijtimoiy tarmoqlardagi maqsadli reklamaga e'tibor qaratish joiz. Bozorda ijtimoiy tarmoqlardagi marketing sotuvlar uchun yetarlicha "charxlanmagan" degan gap yuradi, biroq bunday emas. Facebook, VK va MyTarget reklama jihozi reklama kampaniyasini tezda yo‘lga qo‘yish hamda uning samaradorligi va ko‘lamini aniqlash imkonini beradi. Ular kompaniyaning butun faoliyati davomida b2c-bozorda barqaror ishlaydi va ko‘p lid keltiradi. Shuningdek messenjer-marketing ham yaxshi natija beradi: Facebook Leads keyinroq Whats App, Telegram'ga xabar jo‘natadi yoki foydalanuvchi bilan  ManyChat orqali bog‘lanadi. ManyChat - biznes va mijozlarning o‘zaro aloqasini yengillashtiruvchi hamda barcha messenjerlarni yagona interfeysda birlashtiruvchi platforma. Shu tariqa siz mijozni messenjerga o‘tkazasiz, u yerda esa trigger strategiyasi sozlangan - bu kanal konversiyasi mail'dagidan yetti karra ko‘p.

 

Viruslarni ishga tushiring

Brendingizni tanishtirishning eng tezkor yo‘li - virus reklamani ishga tushirish. Raqiblar, jamiyatlar yoki alohida shaxslarni omma oldida tashviq qilishni yaxshi ko‘ruvchi Burger King yoki Aviasales keyslari bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Brend imidjiga salbiy ta'sir borasida uzoq mushohada yuritish mumkin, biroq axborot shov-shuvi muvaffaqiyatli ravishda foydaga aylanishi uchun moliyaviy ko‘rsatkichlarni tahlil qilishning o‘zi yetarli. Bu o‘yinni o‘ynashga nafaqat yirik kompaniya, balki startaplar ham kirishishi mumkin. Faqat ikki shart bilan - mahsulot haqiqatda zo‘r bo‘lishi, virus kampaniya esa qunt bilan hisoblangan bo‘lishi kerak. Virusni ishga tushirayotganda vaksinani tayyorlab qo‘yish, ya'ni auditoriyaning munosabati va har qanday holatda javobingizni oldindan o‘ylab qo‘yish darkor.

 

Mikro-blogerlarni rekrut qiling

To‘laqonli reklama kampaniyasini ishga tushirishdan avval fikr-mulohazalar yetakchilari bilan hamkorlik uning konversiyasini 5-7 karra oshiradi. Startaplarga Facebook'da 3-5 ming faol do‘stlari bo‘lgan fikrlar mikro-yetakchilari yetadi. Auditoriya bilan bunday hamkorlik qilish foydalanuvchi qo‘rquvlarining birinchi to‘lqini bilan yuzlashish, tahlil qilish va ularni qayta ishlash imkonini beradi. Shu bois izohlarni albatta nazoratdan qochirmaslik kerak.

Foto: Fotolia

OAV bilan do‘st tutining

Yangi tug‘ilgan loyiha OAVga chiqishga bo‘lgan urinishlarini qo‘ymasligi kerak. Bugungi kunda o‘zini hurmat qiluvchi qator nashrlarda mavjud "Startaplar" rukni aynan shunday maqsadlar uchun o‘ylab topilgan. Kichik kompaniyangizning top-menejyerlarini bir "silkitib ko‘ring", albatta qiziqarli kontent topiladi. Ularni nafaqat kompaniyaning o‘zi haqida, balki bozor bo‘yicha izoh va tahlillar berishga tayyor ekspertlar sifatida ilgari suring.

 

Nativ reklama uchun pul to‘lang: u shunga arziydi

Blogerlar va mijozlarning mahsulot haqidagi fikr-mulohazalari asosida nativ reklamali maqola yozish mumkin.To‘g‘ri, uni OAVga joylashtirishga ketadigan mablag‘ oxir-oqibat o‘zini oqlamasligi mumkin, biroq nativ reklama - mijozlar va sizning saytingiz o‘rtasidagi zarur ko‘prik. Siz foydalanuvchiga o‘ziga yarasha nufuzga ega resursdagi maqola orqali chiqasiz. Bundan tashqari, matn boshqa qidiruv tizimlari bilan juda yaxshi indekslanadi, bu esa qiziquvchan foydalanuvchilar oqimiga ega bo‘lish imkonini beradi. Shuningdek nativ reklamani albatta o‘zingizning sahifangizda repost qilish (bo‘lishish) va postni reklama kabineti orqali maqsadli auditoriyaga targetlash lozim.

Qayd etilgan barcha kanallarni sifatli qayta ishlashning uddasidan chiqsangiz, yosh kompaniya birinchi ulg‘ayish bosqichini salmoqli mijozlar bazasi va barqaror konversiyalar bilan yakunlaydi. Endi loyihaga PR-menejyer va sheriklik dasturlari bo‘yicha menejyer kerak bo‘ladi. Ular brendni imkon qadar bozorda ko‘proq ko‘zga tashlanishi va yangi foydalanuvchilarni jalb qilish bilan shug‘ullanishadi.

Mavzuga oid