AQShda cho‘chqa yuragini insonga ko‘chirib o‘tkazuvchi tibbiy markaz ishga tushmoqda
AQShdagi birinchi yurak ksenotransplantatsiyasi markazi Baltimorda Merilend universiteti qoshida ochiladi, bu yerda jonivorlar organlarining insonga ko‘chirib o‘tkazishga doir tadqiqotlar olib borilmoqda. Yangi loyihani ishga tushirishga United Therapeutics biotexnologiya kompaniyasi tomonidan 24 million dollar ajratiladi. Kompaniya saytida shu haqida xabar berildi.
Kompaniya Amerikaning boshqa oliy o‘quv yurtlari bilan ham hamkorlik qiladi. Xususan, buyraklar ksenotransplantatsiyasini tadqiq qilayotgan Alabama universiteti hamda o‘pkani ko‘chirib o‘tishga doir tadqiqotlarni olib borayotgan Kolumbiya universiteti bilan.
Genetik jihatdan o‘zgartirilgan hayvon organlarining transplantatsiyasi tibbiy hamjamiyatda anchadan buyon muhokama qilib kelinayotgandi. Xitoylik olimlar allaqachon donor-cho‘chqalarni sanoat ko‘lamlarida yetishtirishmoqda va 2019 yilda ilk klinik sinovlarni o‘tkazishni rejalashtirishmoqda.
"Ksenotransplantatsiya yurak ko‘chirilish amaliyotini kutayotgan minglab bemorlarga umid beradi. Ularning aksariyati donorlik organlariga yetisha olmay, hayotdan ko‘z yummoqda", - deydi Merilend universiteti Tibbiy maktabining yurak ksenotransplantatsiyasi bo‘yicha direktori Muhammad Mansur Mohiuddin.
Mohiuddin 2016 yilda cho‘chqa yuragini babuinga ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha muvaffaqiyatli tajriba o‘tkazgan. Jonivorning o‘z yuragi normal ishlagan, donorlik yuragi esa qorin bo‘shlig‘i sohasiga joylangan - olim shu yo‘l bilan bir hayvonning yuragi boshqasida qanday ishlashini tekshirmoqchi bo‘lgan. Natijada yurak 945 kun normal ishlagan. Bunday natijaga erishishga immunomodulyator va immunodepressantlar yordam bergan.
United Therapeutics tomonidan asos solingan Baltimordagi markaz cho‘chqa yuragini insonga ko‘chirib o‘tishni tadqiq qiladi. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, loyiha ksenotransplantatsiyani "klinik reallikka aylantirishi" kerak, shu bois asosiy urg‘u ko‘chirib o‘tkazishning amaliy usullarini rivojlantirishga qaratiladi.
Mavzuga oid
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12 / 16.11.2024
Uyqu to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi - tadqiqot
14:32 / 16.11.2024