Dyuk universiteti (AQŞ) olimlari uyquning qaror qabul qiliş sifatiga ta’siri mexanizmlarini oçib beruvçi keng qamrovli tadqiqot ötkazdi. Tajribadan ma’lum bölişiça, dam olgandan keyin odamlar birinçi taassurotga berilmay, yanada oqilona tanlov qilişga qodir böladi.

Tajriba davomida iştirokçilarga garaj savdosiga öxşaş ğayrioddiy öyin taklif etildi. Köngillilar turli buyumlar solingan virtual qutilarga köz yugurtirdi. Qutilarda ham arzon, ham ança qimmatbaho aşyolar bölgan. Öyin şarti iştirokçiga haqiqiy pul mukofotini olib keladigan eng qimmat qutini tanlaşdan iborat edi.

Tadqiqot qiziqarli qonuniyatni aniqladi: qutilarni körib çiqqanidan söng darhol qaror qabul qilgan odamlar aksariyat hollarda birinçi körgan narsalariga asoslanib tanlov qilgan. Uyqudan keyin tanlov qilgan iştirokçilar esa, aksinça, ilk körgan narsalariga qarab emas, yanada muvozanatli yondaşuvni namoyiş etib, qutilarning butun mazmunini tahlil qilgan.

Şunisi e’tiborga loyiqki, hatto qisqa kunduzgi uyqu ham qarorlar sifatini sezilarli darajada yaxşilaşga qodir. Bu fakt fransuz olimlarining 2021 yilda maşhur Tomas Edison usulini sinovdan ötkazgan tadqiqotlarida öz tasdiğini topgan. Ixtiroçi qölida metall şarça bilan qisqa muddat uxlaşni maşq qilgan — şar tuşib ketganida uning ovozi çuqur uyqu bosqiçiga ötayotgan olimni uyğotib yuborgan. Zamonaviy tadqiqotçilar bu tajribadan foydalanib, iştirokçilarga javobi qiyin matematik masalalarni hal qilişni taklif etdi. “Edison” uslubidagi qisqa uyqudan söng, sinov iştirokçilari uxlamagan yoki çuqur uyquga ketgan odamlarga nisbatan masalani tezroq yeçiş yölini topdi.

2019 yilda yana bir muhim kaşfiyot qilindi: olimlar miya hatto uyqu paytida ham hal qilinmagan vazifalar ustida işlaşda davom etişini aniqladi. Tajribada iştirokçilarga murakkab boşqotirmalar berilgan, şartlar alohida yozib olingan ovoz bilan eşittirilgan. Mutaxassislar bu ovozni köngillilar uxlayotganda ham eşittirgan. Ertasi kuni ertalab ular aynan uyqu paytida tovuş signallari ijro etilgan vazifalarni yanada muvaffaqiyatliroq bajargan.

2023 yildagi tadqiqot tungi uyquning fikrlaş jarayonlariga ta’sir etuvçi yana bir mexanizmini oçib berdi. Olimlar bu vaqtda miya narsa va hodisalar örtasidagi noaniq aloqalarni topişga qodir bölişini aniqladi. Tajriba iştirokçilari tungi dam olişdan keyin turli elementlar örtasidagi murakkab munosabatlarni uxlamagan paytidan köra yaxşiroq tuşungan.

Olingan natijalar muhim amaliy ahamiyatga ega. Mutaxassislar murakkab masalalarni yeçişda albatta töliq tungi uyqu yoki qisqa kunduzgi dam olişni tavsiya etadi. Bu miyaga ma’lumotni qayta işlaş va şoşilinç xulosalar hamda notöğri mulohazalardan qoçib, eng maqbul yeçimni topiş imkonini beradi.