1. Dollar sözi Germaniyada örta asrlarda paydo bölgan tanga nomi «taller»dan kelib çiqqan. Keyinçalik taller Germaniyada butunlay muomaladan çiqib ketdi. Uning örniga marka kirib keldi. Biroq, uning nomi xalq orasida qolib ketdi. Öşa paytlarda Angliya va Ispaniya mustamlakalarida peso nomi bilan maşhur bölgan ispan tangalari muomalada bölgan. Bu tangalarni köp joylarda adaşgan holda «dalar» deb ataşar edi. Uzoq uruşlardan söng mustaqillik erişgan AQŞ hukumati davlatning rasmiy valyutasini muomalaga kiritiş çoğida unga heç ikkilanmay hammaga ma'lum va maşhur bölgan «dollar» nomini tanlagan.

2. Uzun inglizça ibora «Piece of Eight», ya'ni 1/8 (nimçorak) qoğozda öçirilgan 8 ga aylanib, oxir-oqibat bizga taniş bölgan dollar belgisi ($) paydo bulgan.

3. Dollar jargonda «baks» deb ham ataladi. Bu söz buğuning terisi nomidan kelib çiqqan bölib, ingliz tilida buğu erkagining nomi - buck. U bir paytlar hindular bilan savdo qilişning asosiy quroli bölgan.

4. Dollar tangalarning ham öz nomlari bor: 1 sentlik — penni, 5 sent — nikel, 10 sent — daym, 25 sent — kvota, 50 sent — haf deb yuritiladi.

5. Dollarni işlab çiqariş uçun ziğir va paxta tolalaridan foydalaniladi. Dollarlar naşr qilinadigan qoğoz tarkibiga 25% ziğir, 75% paxta va köp bölmagan hajmda mayda sintetik tolalar kiradi. Bu tolalar kök va qizil rangga ega bölib, butun kupyura ustida körinib turadi. Banknotning taxminiy oğirligi — 1 gramm.

6. Dollar muomalaga kiritilgan vaqtdan boşlab AQŞ hukumati uning qiymatini oltin bilan boğlagan. 1792 yilda oltinning bir untsiyasi 19,3$ deb belgilangan. 1834 yilda AQŞning oltin zaxirasi yetarli bölmaganligi tufayli untsiya bahosi 20,67$ga kötarilgan. Bu qiymat asrlar davomida özgarib borsa-da, dollarning oltin bilan baholanişi va boğliqligi saqlanib qolavergan.























