Olimlar 2018 yilda bir qator kuchli zilzilalar bo‘lishini prognoz qilishmoqda
2018 yilda Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi tezligi sekinlashishi sababli kuchli zilzilalar miqdori keskin ko‘payishi mumkin.
Yerning aylanish tezligi va seysmik faollik o‘rtasidagi aloqa haqidagi g‘oyani Kolorado universiteti va Montana universiteti olimlari Rojyer Bilxem va Rebbeka Bendik bildirdilar. Ularning hisobotlari Amerika geologik jamiyati yig‘ilishida taqdim qilindi.
Olimlar 1900 yildan beri yuz bergan 7 va undan ortiq magnitudali zilzilalar haqidagi ma'lumotlarni tahlil qilib chiqishgan. Ular kuchli zilzilalar soni 25-30 tagacha keskin oshgan 5 davrni ajratishgan.
Seysmik faollik kuchaygan davrlar Yerning aylanish tezligi sekinlashishi maksimumga erishgandan keyin 5 yil o‘tgach boshlangan.
Yer aylanishining oxirgi sekinlashishidan hozirgacha taxminan 4,5 yil o‘tdi va olimlarning g‘oyasiga ko‘ra, 2018 yilda kuchli zilzilalar bo‘lishi kutilmoqda.
2017 yil boshidan beri 6 ta kuchli zilzila qayd qilingan bo‘lsa, 2018 yilda ularning soni 20 ta va undan ko‘proq bo‘lishi mumkin.
“Sayyoramiz aylanishi sekinlashganda, uning ekvatordagi diametri qisqaradi. Biroq Yerning “beli” qisqarganda, uning “kiyimi” – tektonik plitalar avvalgi o‘lchamda qoladi va “g‘ijimlanadi”, deb tushuntirmoqda olimlardan biri Bilxem.
Ta'kidlanishicha, Yerning aylanishi sekinlashishi bilan bog‘liq kuchli zilzilalarning aksariyati sayyoramizning ekvatorial hududlarida qayd qilingan. Bu yerlarda esa 1 mlrdlik aholi yashaydi.
“Yerning aylanishi va seysmik faollik o‘rtasida kuchli korrelyatsiya mavjud bo‘lib, u kelasi yilda zilzilalar soni ko‘payishini taxmin qilishga ijozat beradi”, deb aytgan olim.
Mavzuga oid
21:47 / 17.11.2024
Yaponiya qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
16:27 / 29.10.2024
Yer atmosferasining ifloslanishi rekord darajaga yetdi
07:30 / 17.10.2024