16 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:56 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. 

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila koordinatalari: 36,56 gradus shimoliy kenglik, 70,54 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda — 5,8. Chuqurlik 200 km. Zilzila episentri Toshkentdan 536 km janubi-sharqda.

Yer qimirlashi O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida 2 ballik kuch bilan sezildi.