
Zerikiş va yomon kayfiyatdan uzoqlaşing. Bu sizga umuman kerak emas. Quyidagi maslahatlarga rioya qilsangiz, sizni böğirsoqlar va tovuq oyoqlarini tinimsiz orzu qilişdan xalos etadi. Biroq tölaqonli töyimli taomlardan butunlay voz keçiş kerak emas. Töyib ovqatlanmaslik ham salomatlik muammolariga sabab böladi.
1. Bir stakan suv içing

Ba'zan çanqoqlik oçlik bilan niqoblanadi. Işoralar öxşaş bölgani sababli, biz istagimizni adaştirişimiz mumkin. Şuning uçun dastavval xona haroratidagi suvdan içing. Agar suvning özi oğirlik qilsa, unga limon yoki ra'nogul qöşing. Kun böyi bir idişda suv olib yuring. Suyuqlik oşqozoningizni töldiradi va siz kamroq sendviçlar tanovul qilasiz.
2. Tişlarni tozalang

Bu ham sizni biroz bölsa-da, oçlik hissidan xalos etadi. Birinçidan ra'nogul hidi iştahaning oçilişiga sabab bölgan boşqa hidlarni ketkizadi. Ikkinçidan, tiş pastasi tarkibidagi lauretsulfat natriy uning köpiklanişiga yordam beradi va şirinlik seziş retseptorlarni vaqtinça işlatmaydi. Şu boisdan ham tiş yuvilganidan söng taom iste'mol qilinsa, taxirroq tuyuladi.
3. Saqiç çaynang
Agar tiş şötkasi yoningizda bölmasa, muqobilidan, ya'ni saqiçdan foydalaning. Rod Ayland universiteti olimlari bu usulning samaradorligini ham isbotlaşdi. Tadqiqot çoğida aniqlanişiça, ertalablari saqiç çaynagan kişilar tuşlik vaqtida 70 kilokaloriya kamroq taom tanovul qilgan. Inson saqiç çaynaganida miyaga töqliq hissi yuboriladi. Şu bilan biz tanamizni aldaymiz.
4. Sarimsoqpiyoz yoki zanjabil yeng















