Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 63-avtobus haydovchisi tushgan pullarni egallab olish maqsadida IIBga yolg‘on xabar berdi
2017 yilning 28 dekabr kuni taxminan soat 22:30 larda, Yunusobod tumani IIB navbatchilik qismiga 4-sonli shahar klinik shifoxonasidan xabar kelib tushgan. Unga ko‘ra mazkur shifoxonaga fuqaro B.Z. “o‘ng oyoq son qismida sanchilgan-kesilgan jarohati” tashxisi bilan murojaat qilganligini ko‘rsatilgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
B.Z.ning so‘zlariga ko‘ra, u 63-sonli yo‘nalishdagi avtobusda haydovchi bo‘lib ishlashi, 28 dekabr kuni soat taxminan 21:30larda “Botanika bog‘i” bekatiga yetib kelgan vaqtida avtobusga ikki nafar noma'lum shaxslar chiqib, uning o‘ng oyoq qismiga pichoq bilan tan jarohati yetkazganliklari va avtobus g‘aznasida yig‘ilgan 800.000 so‘m miqdoridagi pullarni egallab olganliklarini ma'lum qilgan.
Biroq, Toshkent shahar IIBB xodimlarining qat'iy sa'y harakatlari va yuksak kasb mahorati natijasida, ushbu hodisa aslida boshqa ko‘rinishda sodir etilganligi ma'lum bo‘ldi. Jumladan B.Z. g‘arazli, past niyatda ko‘chada bo‘lgan katta miqdordagi qarzini to‘lash maqsadida, o‘zi boshqarib kelgan avtobusning faoliyatidan tushgan pullarni egallab olishni rejalashtirib, ushbu bosqinchilik jinoyatini tanishi D.B. bilan birgalikda sahnalashtirganligi va o‘z qilmishi ishonchli bo‘lishini ta'minlash maqsadida o‘ziga o‘zi pichoq bilan tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan B.Z. va D.B.ga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Mavzuga oid
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
18:45 / 27.06.2026