Inson miyasida “Wi-Fi” topildi
Sheffild universiteti olimlarining ta'kidlashicha, inson miyasida inson his-tuyg‘ularining simsiz “skaneri” ishlaydi. Bu “skaner” Wi-Fi simsiz aloqa kabi ishlaydi.
Olimlarning fikricha, bosh miyadagi “to‘lqinli jarayonlar” atrof-muhit va odamlarning ijtimoiy faolligi va xatti-harakatlarini o‘rganib, inson haqida tasavvurni shakllantiradi. Inson miyasi ichidagi “to‘lqinlar” faolligi mos kelganda ular nafaqat “bir to‘lqinda muloqot qilish”ga qodir bo‘ladilar, balki guruh bo‘lib ma'lum musiqiy yoki diniy yig‘ilishlarga tashrif burishlari mumkin.
Misol uchun, miya aloqasining bu turi turli o‘yinlar ishtirokchilariga yordam beradi: bosh miya faolligi ularga raqib harakatlarini tezda tahlil qilib, o‘yin jarayoni bilan bog‘liq ma'lum harakatlarni bajarishga buyruqlar beradi.
Olimlarning ta'kidlashicha, guruhiy miya faolligi ayniqsa qiziqdir: aynan shu jihat sababli “qiziqishlar bo‘yicha guruhlar” – miya faolligi bir-biriga yaqin odamlarni birlashtiruvchi ijodiy uyushmalar, klublar va boshqa ko‘plab ijtimoiy tuzilmalar vujudga keladi.
Mavzuga oid
22:37 / 13.07.2023
Yorug‘likka asoslangan Li-Fi standarti qabul qilindi
16:39 / 22.07.2022
Toshkent aeroportida bepul va yuqori tezlikdagi Wi-Fi ishga tushirildi
16:56 / 02.03.2020
Hindistonda yo‘lovchilarning samolyotda Wi-Fi’dan foydalanishiga ruxsat berildi
23:18 / 17.02.2020