Qayd etilişiça, Toşkent xalqaro aeroportida yölovçilar va mehmonlar uçun internet tarmoğiga ulaniş uçun Wi-Fi tarmoği işga tuşirildi. «Özbektelekom» kompaniyasi bilan birgalikda aloqa kanallarini ulaş va jihozlarni örnatiş böyiça barça işlar yakunlangan, terminal majmuasi butun hududi, Wi-Fi tarmoği bilan jönab ketiş va uçib keliş zallari töliq qamrab olindi. 

Internetga ulaniş uçun aeroportga taşrif buyuruvçilar #TASAirportUzcloud Wi-Fi tarmoğini qidirib topişi va «Ulaniş» tugmasini bosişi kerak. Tizim foydalanuvçilarni avtorizatsiya sahifasiga yönaltiradi va u yerga mobil telefon raqamini kiritiş lozim böladi. Avtorizatsiyani tasdiqlaş uçun körsatilgan raqamga SMS xabar yuboriladi.

Şundan söng, tizim pulli va bepul kiriş imkoniyatlarini taklif etadi. Agar tizimdan bepul foydalaniş tanlansa, tizim uçta qisqa reklamani körsatadi, şundan söng internetga kirişni ta’minlaydi. Pulli xizmat tanlansa, tizim tegişli tarif rejasini tanlaşni taklif qiladi va tölov amalga oşirilgandan söng tarif rejasiga muvofiq vaqt uçun çeksiz internetga kiriş taqdim etiladi.