22 yanvar kuni Özbekiston prezidenti farmoni bilan «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili»da amalga oşiriladigan davlat dasturi tasdiqlandi.

Davlat dasturi loyihasi keng jamoatçilik muhokamasidan söng qabul qilindi.

Dastur muhokamasi çoğida fuqarolardan 4 ming 400ta taklif va şarhlar qoldirildi.

Dasturning eng köp muhokama qilingan qismi Davlat va jamiyat qurilişini takomillaştiriş böldi (1,5 mingta yoki jami taklif va şarhlarning 34 foiz). 

Fuqarolardan kelib tuşgan takliflar asosida Dasturga 5ta band kiritildi, 11ta band qayta işlandi.

Adliya vazirligi matbuot xizmati keltirişiça, dasturda davlat va jamiyat hayotining boşqa muhim masalalar bilan bir qatorda  quyidagi 5ta asosiy yönaliş belgilangan: 

– davlat xizmati nufuzi va samaradorligini oşiriş, ijro hokimiyati vazifalari va tuzilmasini qayta körib çiqiş, vazirlik, idoralar va hokimlarning mustaqilligini oşiriş, davlat xizmatlari sifati va tezkorligini tubdan kötariş;

– qonun ustuvorligini ta'minlaş va sud-huquq tizimini yanada isloh qiliş sohasida tintuv va telefon sözlaşuvlarini eşitişga sanksiya beriş huquqini sudlarga ötkaziş, Oliy Majlis huzurida sud hokimiyati mustaqilligini ta'minlaş komissiyasini tuziş, milliy xavfsizlik organlari tizimini tubdan isloh qiliş, vaqtinça hibsda saqlaş joylari va tergov izolyatorlari, jazoni ijro etiş muassasalarini videokuzatuv tizimi bilan jihozlaş, yöl-patrul va patrul-post xizmatini mobil videokameralar bilan jihozlaş, statsionar post va patrul xizmatini optimallaştiriş;

– faol tadbirkorlikni rivojlantiriş, innovatsion ğoya va texnologiya lar joriy etiş uçun qulay huquqiy va taşkiliy şaroit yaratiş, soliq va bojxona, bank-moliya sohalarida tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatiga noqonuniy aralaşişni oldini olişga qaratilgan himoya mexanizmlarining huquqiy kafolatini takomillaştiriş, agrar sohani isloh qiliş strategiyasini işlab çiqiş, yakka turdagi imtiyozlardan tarmoqlar va sohaviy imtiyozlar beriş orqali voz keçiş, hududlarni jadal rivojlantiriş;

– fuqarolarning ijtimoiy himoya qiliş va soğliqni saqlaşni yanada kuçaytiriş böyiça kompleks tadbirlarni amalga oşiriş, ijtimoiy dorixonalarning keng tarmoğini yaratiş, aholi daromadlari va bandligini oşiriş, «iste'molçi savatçasi»ni aniqlaştiriş, ijtimoiy turarjoylar qurişni kengaytiriş, aholining ijtimoiy zaif qatlamlari va nogironligi bölgan şaxslarning har tomonlama manzilli qöllab quvvatlaş;

– Milliy xavfsizlikning yangi konsepsiyasini qabul qiliş, xorijlik hamkorlar bilan harbiy  va harbiy texnik hamkorlikni yanada mustahkamlaş va rivojlantiriş, davlat çegaralarini himoyalaş va qöriqlaş, terrorizm, ekstremizm va informatsion tahdidlarga qarşi kuraşiş tizimini takomillaştiriş, millatlararo va konfessiyalararo totuvlik, diniy bağrikenglikni mustahkamlaş, Taşqi işlar vazirligi va diplomatik vakolatxonalar faoliyatini tubdan isloh qiliş, xorijda fuqarolar huquqlari va manfaatlarini himoya qiliş tizimi samaradorligini oşiriş, özaro manfaatli taşqi aloqalarni davom ettiriş, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantiriş.

Şuningdek, Farmon bilan tadbirkorlik sub'yektlarining moliyaviy-xöjalik faoliyatini tekşirişga 2 yillik moratoriy (töxtatiş) e'lon qilindi.

Dastur doirasida 179ta qonun hujjatlari qabul qilinişi rejalaştirilgan.