Jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan 2024 yilgi davlat dasturi loyihasida “Taşabbusli budjet” bilan boğliq muhim tartib belgilanmoqda.

Belgilanişiça, 2024 yil 1 apreldan boşlab “Taşabbusli budjet” doirasidagi loyihalar taşabbuskorlar, mahalla raisi va faollarining iş sifati yuzasidan roziligi olinganidan keyingina foydalanişga qabul qiliş tartibi joriy etiladi.

2024 yil 1 avgustga qadar fuqarolarning özini özi boşqariş organlariga taşabbusli budjet böyiça amalga oşirilayotgan loyihalar yuzasidan davlat organlari va taşkilotlaridan ma’lumotlar oliş, mablağlarning öz vaqtida va töliq ajratilişini talab qiliş hamda loyihalar amalga oşirilişini jamoatçilik tomonidan monitoring qiliş imkoniyati yaratilişi ham közda tutilmoqda.

Şuningdek, 2024 yil mart oyidan taşabbusli budjetlaştiriş jarayonida ovoz berişda soğlom raqobat muhitini yaratiş maqsadida “bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etiladi. Raqamli hukumat loyihalarini boşqariş markazi bilan hamkorlikni yölga qöyiş orqali ovoz beriş jarayonida fuqarolarni identifikatsiya qiliş hamda bir fuqaro tomonidan berilgan bitta ovozni qabul qiliş tizimi joriy etiladi.

“Taşabbusli budjet”ning ötgan yillardagi mavsumlarida pudratçilar tomonidan işning sifatsiz bajariliş holatlari uçradi. Yangi tartib şu kabi e’tirozlarning oldini oliş hamda loyihalarni sifatli bajarişni ta’minlaşga qaratilgan.

Davlat dasturi loyihasi böyiça jamoatçilik muhokamasi 14 fevralgaça davom etadi.