Bosh miya jarohatlari hatto 30 yildan keyin ham aqli zaiflikka olib kelishi mumkin
Shvetsiyalik shifokorlarning tadqiqotlariga ko‘ra, bosh miya jarohatlari (BMJ) hatto 30 yildan keyin ham o‘z ta'sirini namoyon qilishi mumkin ekan, ya'ni bu jarohatlar yillar o‘tgandan keyin ham aqli zaiflikka olib kelishi ehtimoli mavjud. Tadqiqot PLoS Medicine'da taqdim etildi.
Dementsiyaga BMJning ta'sirini o‘rganish uchun Umeo Universitetida faoliyat yurituvchi Anna va Peter Nordstrem Shvetsiyaning 50 yoshdan oshgan kishilari orasida tadqiqot o‘tkazishdi. Unda dementsiyadan aziyat chekuvchi va o‘tmishda bosh miya jarohatlariga ega bo‘lgan kishilarga oid ma'lumotlar tahlil qilindi.
Ma'lum bo‘lishicha, inson bosh miya jarohati olganidan so‘ng birinchi yil dementsiyaning paydo bo‘lish xavfi 3,5-4 baravarga oshgan. Vaqt o‘tgach bu xavf pasaygan, biroq BMJdan hatto 30 yil o‘tib ham dementsiya xavfi 1 dan yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan - 1,25. O‘rtacha og‘irlikdagi jarohat olganlarga qaraganda og‘ir va bir necha marta bosh miya jarohati olgan kishilar ko‘proq kasal bo‘lgani aniqlangan.
Bundan tashqari, ekspertlar keksaygandagi aqli zaiflikning paydo bo‘lishiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa omillarni ham keltirishmoqda. Yosh, pensiyaga erta chiqish, alkogolizm va depressiya - shular jumlasidandir.
Mavzuga oid
15:42 / 25.10.2024
Olimlar miyaning 3D-atlasini yaratdi – u nima uchun kerak?
23:10 / 19.10.2024
Inson miyasi har xil turdagi qo‘rquvga qanday javob berishi o‘rganildi
18:10 / 15.10.2024
Olimlar miyaning ayrim qismlarini “yoqish va o‘chirish” yo‘lini o‘rgandi
19:24 / 24.09.2024