Özbekiston Respublikasi Prezidentining «2018 yilda baliq mahsulotlari yetiştiriş hajmini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PQ-3505 sonli qarori imzolandi.

Söngi yillarda Özbekistonning içki bozorini sifatli va arzon baliq mahsulotlari bilan töldiriş, mahsulotning talabgir turlariga narxlarni bir maromda uşlab turiş böyiça qator işlar amalga oşirilib kelmoqda. Jumladan, mamlakat miyoqsida 3 mingdan ziyod baliqçilik xöjaligi faoliyat körsatmoqda.

Endi Prezident qaroriga köra, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş, xorijiy davlatlarning ijobiy tajribasi va innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda baliq yetiştiriş hajmini oşiriş uçun çoralar körilmoqda.

Jumladan, baliqçilikni ilmiy asosda taşkillaştiriş, Özbekistonda baliq yetiştiriş hajmini innovatsion texnologiyalarni keng jalb etiş yöli bilan oşiriş, baliqçilik sohasida ozuqa bazasini kengaytiriş, baliqni ovlab tutişni taşkillaştiriş, baliqçilik xöjaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş uçun ularni aylanma mablağlar bilan ta'minlaş singari sohani rivojlantiriş uçun ustuvor vazifalar belgilab olinmoqda.

Respublika böyiça 2018 yilda sun'iy suv havzalarida 103,4 mln, tabiiy havzalar va suv omborlarida 29,8 mln, törhalqa qurilmalarida 15,3 mln, sun'iy qurilmalarda 17,2 mln, yopiq siklli suv ta'minotiga ega qurilmalarda 4,8 mln va şolizorlarda 35,1  mln — jami 205,6 mln dona baliq köpaytiriladi.

2018 yilda baliq yetiştirişning prognoz parametrlariga köra respublikada 150 ming tonna baliq yetiştiriş möljallanmoqda. Bundan sun'iy suv havzalarida 74.785 t, tabiiy havzalar va suv omborlarida 33.815 t, törhalqa qurilmalarida 13.290 t, sun'iy qurilmalarda 7.900 t, yopiq siklli suv ta'minotiga ega qurilmalarda 4.800 t va şolizorlarda 15.410 t yetiştiriş nazarda tutilgan.

Eng köp baliq Toşkent viloyatida — 20.125 t, Qoraqalpoğiston Respublikasida — 20.000 t, Aydar-Arnasoy köllar tizimida — 18.845 t, Sirdaryo viloyatida — 13.645 t  va Navoiy viloyatida — 10 ming tonna yetiştiriladi.

Respublika böyiça 2018 yilda baliqçilik xöjaliklariga 186.266 t omixta yem, 26.100 t mineral öğitlar yetkazib beriş nazarda tutilmoqda.

Qarorga köra, baliqçilik sanoatini rivojlantiriş uçun Xitoy, Vetnam, Indoneziya va boşqa davlatlardan tajribali xorijiy mutaxassislar jalb qilinadi.