Tadbirkordan “tortib olingan” köl

2004 yilda “Aqua-Tudakul” Özbekiston–Amerika qöşma korxonasi tenderda Tödaköl suv havzasini 18 yil muddatga ijaraga oliş huquqini qölga kiritgan. Kölda baliqçilik tizimini yaratiş ayni şu yildan boşlangan: qöşma korxona katta xarajatlar evaziga Tödakölda baliqçilikni rivojlantirgan, 700 nafarga yaqin iş örni yaratgan.

“Aqua-Tudakul” egalik qilgan davrda kölga har yili 125 tonna çovoq taşlanib, baliqlantirib borilgan. Buning natijasida içki va taşqi bozorga tonnalab baliq yetkazib berilgan.

“Aqua-Tudakul” qöşma korxonasining ijara muddati 2022 yilda tugaşi kerak edi. Ammo prezidentning 2017 yil may oyidagi tegişli qarori bilan “Özbekbaliqsanoat” uyuşmasi taşkil qilinadi hamda tabiiy suv havzalari uyuşma balansiga ötkaziladi. Şu sababli, “Özbekbaliqsanoat” Tödakölni ijaraga beriş uçun 2018 yil yanvar oyida qayta tender ötkazgan. 4 ta firma öz takliflari bilan qatnaşgan tenderda “Aqua-Tudakul” qöşma korxonasi yana ğolib böladi hamda 2018 yil 23 yanvarda “Özbekbaliqsanoat” uyuşmasi bilan 10 yillik şartnoma imzolaydi.

Biroq köp ötmay köl soxta hujjatlar asosida ötkazilgan tender orqali qöşma korxonadan “tortib olingan”.

15 yillik yirik korxonadan, 15 kunlik firmaga...

“Özbekbaliqsanoat” turli asoslantirilmagan vajlar bilan 2018 yil 17 aprel kuni uyuşma va qöşma korxona örtasida tuzilgan şartnomani bekor qiladi. May oyida esa qayta tanlov ötkazadi.

Tödaköl suv havzasini ijaraga beriş uçun ötkazilgan qayta tenderda “Golden Lake Fish” MÇJ ğolib deb topilgan. Oçiq manbalarga köra, “Golden Lake Fish” MÇJ tender ötkazilişidan bor-yöği 16 kun oldin, 2018 yil 7 may kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Bu esa MÇJning baliqçilik sohasidagi imkoniyatlari va tajribasini baholaş talablariga javob berişini jiddiy şubha ostiga qöyadi.

Bundan taşqari, jinoyat işlari böyiça Navoiy şahar sudining 2022 yilning 15 avgust kunidagi hukmiga köra, “Golden Lake Fish” MÇJ rahbari Panjiqul Röziqulov tenderga qalbaki hujjatlar tayyorlab taqdim qilgan va ğolib bölgan. Sud uni Jinoyat kodeksining 192 va 228-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topgan. Biroq u jazoga tortiş muddati ötib ketganligi uçun javobgarlikdan ozod etilgan.