Tasavvur qiling: köçada keta turib, taqiqlangan hududda axlat uyumiga duç keldingiz, u yerdan kelayotgan badböy hid esa kayfiyatga ta'sir qildi. Şunday paytda nima qilardingiz? Albatta, bunga befarq qarab bölmaydi. Mutasaddi taşkilotga qönğiroq qilib, (katta ehtimol bilan bu Obodonlaştiriş boşqarmasi) vaziyat haqida ma'lumot berasiz. Tabiiyki, xodimlarning yetib kelişi va muammoni bartaraf etişga ma'lum muddat sarflanişi mumkin. Yölovçining tiğiz paytda jarayonni kuzatişga vaqti bölmaydi, hisob.

Taklif etilayotgan ProActive innovatsion dasturi orqali barçasini nazorat qiliş imkoniyati mavjud. Loyiha asosçilari - Toşkent şahridagi Inxa universiteti talabalari A.Siyayev, Ş. Sodiqov, Yu. Xöjayeva, Z. Usmonovlarning fikriça, bu dastur fuqarolarning ijtimoiy ogohligini oşiradi.
Bu haqda batafsil ma'lumotlarni mualliflardan biri Yulduz Xöjayeva sözlab berdi.
- ProActive dasturini işlab çiqiş ğoyasi qay tariqa vujudga keldi?
- Yaqinda Janubiy Koreyaning Inxa universitetida talabalar almaşinuvi dasturi böyiça tahsil olib, Özbekistonga qaytdik.
- Startap işlaş mexanizmiga töxtalib ötsangiz.
- Tartibi juda oddiy: köçada turli muammolar yuzaga kelişi, oqibatda bu aholi soğliği, xavfsizligiga tahdid solişi mumkin. Masalan, köçada gaz quvuri portlaşi, kiçik yöl transport hodisalari yoki belgilanmagan joylardagi çiqindilar. Bunday paytda darhol tegişli organga xabar qiliş zarurati paydo böladi. Öşa paytda mobil telefoningizdagi ProActive ilovasiga kirib, holatni suratga tuşirasiz. Xaritadan voqea sodir bölgan manzilni topib, uni kiritasiz.
- Innovatsion ğoyani işlab çiqiş uçun qança vaqt sarflandi?
- 4 oy muddat talab etildi. Guruhda har kim öziga yuklatilgan vazifani astoydil bajardi. Şuning uçun, birgalikda kelişib işlaş, nisbatan taqsimlangan işlarni osonlaştirdi, deya olaman. Guruhdoşim Aziz ilovani Android versiyasini işlab çiqqan bölsa, qolganlar loyiha uçun qöşimça dasturlarni yaratişdi.
- Koreya va AQŞda IT sohasi böyiça ta'lim olgansiz. Xorijdagi tengdoşlaringizdan nimalarni örgandingiz?
- Xorijda talabalarning mustaqil fikrlaşiga köproq e'tibor berişadi. Jahon tajribasida mustaqil ta'limga keng örin ajratilgan. Bunda talaba turli innovatsion loyihalarni amalga oşiradi. Qöşimça manbalardan izlanadi. Ularda men qadrlaydigan jihat – taşabbuskorlikni kördim. Biror işni boşlagandan keyin unga sidqidildan yondaşişadi. Talabalar xalqaro tanlovlarga muntazam qatnaşişadi va özaro fikr almaşişadi.














