Olimpiya çempioni Alina Kabayevaning otasi, asli özbekistonlik sobiq futbolçi, Xalqaro islom biznesi assotsiatsiyasi rahbari Marat Kabayev Forbes.ru muxbiri bilan suhbatda özining Rossiya hukumati bilan qalin aloqalarini rad etdi. U assotsiatsiyani boşqarişi, lekin işbilarmonlik faoliyatini özi yuritmasligini ta'kidlagan.
Ikki hafta ilgari «Dojd» telekanali Olimpiya çempioni, Davlat Dumasining sobiq deputati Alina Kabayevaga tegişli «Natsionalnaya Media Gruppa» xoldingi direktorlar kengaşi raisi Marat Kabayev RF prezidenti Vladimir Putinning yaqin doirasiga kirişi hamda Moskva şahridagi quriliş biznesiga sezilarli ta'sir ötkazişi haqida xabar bergan edi.
«Leninskiy prospekt» metrosi hududidagi Xalqaro islom biznesi assotsiatsiyasi ofisiga kiriş uçun köp qavatli turar-joyning yertölasiga tuşiş kerak böladi. Kunning qoq yarmi, biroq ofisda odam kam. Assotsiatsiya rahbarining qabulxonasi va kotibi yöq. Uning xonasi ortiqça haşamatsiz ta'mirlangan — faxriy yorliqlar, diplomlar va kamtarona suvenirlar bilan bezatilgan. Işçi stolida kompyuter va bir neça qoğoz.
Uşbu kiçik xona egasi, ötmişda Toşkentning «Paxtakor» klubi futbolçisi hanuz sportçilarga xos körinişini yöqotmagan. Marat Kabayev Xalqaro islom biznesi assotsiatsiyasi rahbari mavqeiga qaramay, biznes bilan şuğullanmaydi: «Men işbilarmon emasman. Şaxsiy biznesim yöq».

Telekanal ma'lumotlariga köra, Kabayev Qozonda yaşab turib Rossiya Federatsiyasi Musulmon işbilarmonlar assotsiatsiyasini noldan barpo qilgan va «Kemeş-Çişme» davlat ta'mirlaş-quriliş korxonasini boşqargan. Korxona Marat Xusnullin rahbarligidagi Quriliş vazirligi boşçiligida faoliyat yuritgan va Xalqaro islom biznesi assotsiatsiyasi manzilida röyxatdan ötgan. Şundan söng u göyoki Moskva quriliş kompleksini boşqaruvçi Xusnullinning Qozondan poytaxtga köçişiga sababçi bölgan. Kanal manbalarining ta'kidlaşiça, endi aynan Tataristondan çiqqan fuqarolar Moskvadagi renovatsiya dasturining asosiy şaxslari bölişadi: renovatsiya dasturining asosiy ijroçilari Xusnullinning Qozondagi sobiq hamkasblari - Damir Gazizov va Albert Suniyev tomonidan boşqariluvçi «KP UGS» va «KP UEZ» bölişadi.
Kabayev suhbatni bu ma'lumotni inkor qilişdan boşladi. «Heç qanday gumonlar bölmasligi uçun avvaldan aytib qöyayin: Xusnullin va uning jamoasi bilan tanişganimdan xursand bölardim, biroq yo uning vaqti bölmasdi, yoki men band bölardim. Özingiz öylab köring: men Qozonga 2011 yilda Toşkentdan kelganman, u esa 2010 yilda Sobyaninning şaharsozlik böyiça yordamçisi edi, xöş, qanday qilib uning bu lavozimga tayinlanişiga sababçi bölişim mumkin? Özbekistonda bolalar murabbiyi bölib işlab turibmi? Bu aqlga siğmaydigan gap». Kabayevning sözlariga köra, u Gazizov va Suniyev bilan ham taniş emas: «Agar ularning rahbari Xusnullin bilan taniş bölmasam, qanday qilib ular bilan taniş bölişim mumkin?».













