Yevropa Ittifoqi ham Alina Kabayevaga qarshi sanksiya joriy qildi
Afina olimpiadasi chempioni Alina Kabayeva Yevropa Ittifoqi sanksiyasiga uchradi. O‘zbekistonda tug‘ilgan badiiy gimnastika bo‘yicha ko‘p marta jahon chempioni avvalroq Britaniya sanksiya ro‘yxatiga ham tushgandi.
Yevropa Ittifoqi deyarli bir oy davomida muhokama jarayonida bo‘lgan Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketini e’lon qildi. Neft embargosi borasida Vengriyaning qarshiligi sabab qabul qilinishi cho‘zilib ketgan bu galgi sanksiya ro‘yxatiga 65 nafar Rossiya va Belarus fuqarolari, 18 ta yuridik shaxs kiritilgan.
«Qora ro‘yxat»da «Yandeks» asoschisi Arkadiy Voloj, figurali uchish bo‘yicha Turin olimpiadasi chempioni Tatyana Navka va badiiy gimnastika bo‘yicha Afina olimpiadasi chempioni Alina Kabayeva kabi mashhur nomlarni ko‘rish mumkin. Navka Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning xotini hisoblanadi. Ularning farzandlari Yelizaveta hamda Nikolay ham sanksiyaga uchragan.
«Rosneft» sobiq rahbari Eduard Xudaynatov, milliarder Andrey Melnichenkoning xotini Aleksandra Melnichenko, milliarder Aleksey Mordashovning xotini Marina Mordashova, tadbirkor Yevgeniy Prigojinning o‘g‘li Pavel ham sanksiyaga uchragan.
Sanksiyalar ro‘yxatida yaqqol ko‘zga tashlanadigan rossiyalik Alina Kabayeva hisoblanadi. Oldinroq Britaniya sanksiyalariga uchragan Kabayeva Rossiya prezidenti Putin bilan yaqin munosabatda ekani aytiladi. Wall Street Journal nashri Kabayevaning Putindan kamida uch nafar bolasi borligini yozgan.
Sanksiyaga tushgan korxonalar ro‘yxatida «Kamaz», «UAZ», «Voyentorg» kabilarni uchratish mumkin. YeI joriy qilgan sanksiyalarning oltinchi paketidagi asosiy cheklov Rossiya neftiga qaratilgan. Unga ko‘ra, endilikda ittifoq davlatlari dengiz orqali Rossiyadan neft sotib olmaydi. Faqat Vengriya, Chexiya va Slovakiya kabi dengizga chiqa olmaydigan davlatlar istisno tariqasida «Drujba» quvurli o‘tkazgichi orqali Rossiyadan neft olishda davom etadi.
Mavzuga oid
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
22:39 / 04.11.2024
Xitoy Yevropa Ittifoqi bilan elektromobillar bo‘yicha «savdo urushiga» kirishdi
17:30 / 04.11.2024
YeIda NATOga qo‘shimcha ravishda xavfsizlik va mudofaa ittifoqini tuzish taklif etildi
01:00 / 31.10.2024