Barcha pedagogika oliy o‘quv yurtlarida bepul qayta tayyorlash kurslari ishga tushirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 fevral kuni maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilarining saviyasi, bilimi va ko‘nikmalari masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Tizimda faoliyat yuritayotgan qariyb 60 ming tarbiyachining atigi 21 foizi oliy ma'lumotli, 79 foizi esa o‘rta maxsus ma'lumotga ega ekani qayd etildi, deb xabar bergan Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati.
Bolalar tarbiyasi jarayoniga o‘z ishini puxta biladigan, malakali va har bir bolaga individual yondasha oladigan pedagog-kadrlarni jalb qilgan holda, ularni go‘dakligidan ongi va tafakkurini to‘g‘ri shakllantirib bormasak, kelajakda yuksak saviya, bilim va ma'naviyatga ega bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalash qiyin bo‘ladi, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Bu boradagi o‘rganishlar natijasida kelgusi 3 yilda maktabgacha ta'lim tizimida 47 ming 300 dan ziyod oliy ma'lumotli pedagog kadrlar, jumladan, 28 ming 300 nafar tarbiyachi, defektolog, psixolog, musiqa rahbariga ehtiyoj paydo bo‘lishi aniqlangan. Shu sababli joriy yilning mart oyidan universitetlar va pedagogika institutlari negizida maktabgacha ta'lim muassasalari pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari tashkil etiladi.
Bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida yuqori malakali defektologlar (logopedlar), amaliyotchi psixologlar va maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilariga mo‘ljallangan malaka oshirish kurslariga qabul qilingan ilk tinglovchilar uchun o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
Ta'kidlab o‘tish kerakki, universitetda o‘quv mashg‘ulotlari zamonaviy xorijiy tajribani qo‘llagan holda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan. Barcha tinglovchilar onlayn tizimda ishlaydigan multimediya uskunalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan.
Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi tomonidan ushbu qayta tayyorlash kurslariga oliy ma'lumotli 816 nafar nomzod jalb etildi.
Bundan tashqari, bugun respublikaning barcha viloyatlaridagi universitetlar va pedagogika institutlari negizida bepul qayta tayyorlash kurslari ish boshladi, ularga ko‘plab tinglovchilar jalb etildi.
Mavzuga oid
09:17 / 22.04.2024
Hindistonda o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun o‘quv kurslari tashkil etiladi
07:53 / 31.08.2023
Sudyalikka talabgorlar sinovlarda nega 0 ball olganiga izoh berildi
09:14 / 25.07.2023
1 avgustdan davlat organlari rahbarlari raqamli texnologiyalar bo‘yicha kurslarda o‘qitiladi
07:53 / 22.07.2023