Mamlakatning Dehlidagi elçixonasi va "Hindiston-Özbekiston" döstlik jamiyati vakillari özaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

Döstlik jamiyatiga Hindiston sobiq boş vaziri La’l Bahodir Şastri Xotira majmuasi direktori Anil Kumar Şastri raislik qiladi. Diplomatiya missiyasi va jamiyat tomonidan özbek va hind xalqlarining boy madaniy-ma’rifiy merosi, milliy urf-odatlar va an’analarni keng tarğib qiliş, oddiy odamlar örtasida özaro anglaşuv ruhini mustahkamlaş yölida faol hamkorlik yölga qöyilgan.

Özbekiston elçisi Sardor Rustamboyev joriy yil diplomatiya missiyasi va döstlik jamiyati hamkorligida amalga oşirişga qaratilgan qator loyihalarni taklif qildi. 

Muloqot çoğida La’l Bahodir Şastri nomidagi Menejment institutida özbekistonlik mutaxassislar uçun öquv kurslari taşkil etiş, Özbekiston va Hindiston oliy ta’lim muassasalari örtasidagi aloqalarni faollaştiriş, ikki mamlakat kitobxonlari uçun qiziqarli bölgan adabiyotlarni özbek, hind va ingliz tillariga birgalikda tarjima qiliş, qöşma madaniy tadbirlar ötkazişga oid masalalar örganib çiqildi.