Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar va turli Internet saytlarda huquqni muhofaza qiluvçi organlar, şu jumladan Milliy xavfsizlik xizmati faoliyati keng muhokama qilinmoqda. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyev 2017 yil 22 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan murojaatda, mamlakatimizda “Milliy xavfsizlik xizmati töğrisida” qonun qabul qilinişi lozimligini ta'kidladi.

Uşbu mavzuning dolzarbligidan kelib çiqib, mazkur xizmat faoliyati töğrisida ayrim ma'lumotlarni (ehtimol köpçilik duç kelgan) va işlab çiqilişi lozim bölgan qonun loyihasiga takliflarni qisqa va lönda şaklda keltirmoqçiman, lekin aslida bu mavzuda butun boşli dissertatsiya yoziş va ilmiy iş qiliş mumkin.

Birinçi navbatda, mazkur xizmatning funksional majburiyatlarini körib çiqiş lozim. Ular aniq nima bilan şuğullanişadi? Balki bu razvedka, aksilrazvedka va terrorizmga qarşi kuraş bölar? Öz navbatida qonun ijodkorlari Özbekiston uçun “razvedka” va “aksilrazvedka” tuşunçalari nimani anglatişiga e'tibor qaratişlari kerak. Turist metro bekatini suratga olmoqda, bir inson xorijiy elçixona vakili bilan döstlaşib, u bilan futbol öynamoqda, qaysidir viloyatga Yevropadan 30-40 nafar turist keldi yoki kimdir tuman hokimi haqida salbiy fikr bildirdi. Ularni “josus” yoki “destruktiv kuç” deb ataş kerakmi? Aynan şu sababli uşbu taşkilotga oid barça tuşunçalarni hamda huquq va majburiyatlarini puxta aniqlaştiriş kerak. MXXning kundalik faoliyatini ham hisobga oliş lozim – bu harbiy faoliyatmi (pogonlar va pistoletlar) yoki fuqarolik işimi (axborot va tahlil). Şuningdek, MXXning “maxfiy faoliyati” tuşunçasini aniqlaştirib oliş zarur. Agar bu haqiqatdan ham maxsus xizmat va uning faoliyati “mutlaqo maxfiy” bölsa, unda ular maxfiy faoliyat olib borişlari şart, ular haqida heç kim heç narsa bilişi kerak emas, ular qayerda joylaşgan, işni qanday olib borişadi, qanday maşinalarni haydaşadi (hozirda MXX binosi Toşkent şahrining markazida joylaşgan, “TST” davlat raqam belgili avtotransportlari mavjud va hokazo), lekin agarda bu taşkilot Rossiya Federatsiyasi Tergov Qömitasining analogi bölsa, unda bemalol.

Ikkinçidan, “informatorlar” faoliyati. Hammaga ma'lum bir gap bor: “Ehtiyot böl, devorning ham quloği bor”. Xizmatda informatorlar turliça böladi. Kimgadir nimadandir yordam berişni yoki qandaydir muammoni hal etişga va'da berişgan, şuning uçun ular “xizmat”ga kirişgan. Öylaymizki, ba'zi odamlar allaqaçon real hayotni, öz fuqarolik pozitsiyalarini anglaşlari va özlarining “gap taşuvçilik” faoliyatlarini töxtatişlari kerak. Qiziği şundaki, ba'zida MXX viloyat boşqarmalari binosi oldidan ötilayotganda (ayniqsa Farğona vodiysida), u yerda köpinça özlarining vatandoşlari, qöşnilari yoki hamkasblari haqida navbatdagi axborotni beriş uçun 10-30 nafar kişi turgan böladi. Agar bu axborot sodir bölişi mumkin bölgan terakt yoki xavfli jinoyat haqida bölsa, tuşunarli, lekin kimningdir hamkasbi keça AQŞda yaşaydigan ukasi bilan gaplaşgani yoki soliq inspeksiyasi xodimi öz xonasida namoz öqigani milliy xavfsizlikka “tahdid” bölmasa kerak?