Qo‘shrabotliklarda tibbiy xizmat qanday?
– Mana, o‘qishni tugatyapsan. Qayerda ishlamoqchisan?
– Imkoni bo‘lsa, shahardan biror ish topaman. Qishloqda ishlash osonmas...
Tan olaylik, shu mazmundagi suhbatlarga ko‘pimiz guvoh bo‘lganmiz. Ammo hamma shaharda qolaversa, qishloqqa kim boradi? Axir qishloqda yashayotganlar ham sifatli ta'lim olishga, tibbiy xizmatdan foydalanishga, xullas, yaxshi yashashga haqli-ku? Nazarimizda, yosh kadrlarni qishloqqa olib boruvchi omillardan biri — ularga o‘sha hududda avvalo, qulay sharoit yaratib berishdir.
Qo‘shrabot Samarqandning eng chekka hududlaridan biri hisoblanadi. Mazkur tumanning geografik joylashuvi sababli olis qishloqlarda aholiga qulay sharoit yaratib berish, ayniqsa, tibbiy xizmat ko‘rsatish oson emas.
Ammo davlatimiz rahbarining aynan mana shunday chekka-chekka hududlarda ham xalqimizga qulaylik yaratish maqsadida chiqarayotgan qaror va farmonlari o‘z samarasini bera boshladi. Xususan, tibbiyot sohasini tartibga solish masalasida olib borilayotgan islohotlar, Prezidentimizning ushbu soha vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvlari ta'siri bugun Qo‘shrabotda ham sezilyapti.
Tumanda ushbu masalaga bag‘ishlab kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatini yaxshilashda patronaj xizmatining ahamiyati, tuman tibbiyot birlashmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va markaziy shifoxonada ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarini joriy etish to‘g‘risida gapirildi.
Bir guruh patronaj hamshiralarga patronaj sumkalari topshirildi. Tibbiyot institutini bitirib, tumanda faoliyatini boshlagan 10 nafar umumiy amaliyot shifokorlariga qulaylik yaratish maqsadida velosiped berildi.
Shuningdek, patronaj xizmatini doimiy nazoratga olish maqsadida 350ta “Uzmobile” aloqa tizimining mobil telefonlari olinib, shtab va patronajlar o‘rtasida “lokal-CALL” markazi faoliyati tashkillashtirilmoqda.
Xodimlarga yaratib berilayotgan bu qulayliklar o‘z navbatida tibbiyot xizmatning sifat jihatdan oshishiga zamin yaratadi. Tezkorlik ta'minlanib, eng chekka hududlarda istiqomat qilayotgan fuqarolarning holidan o‘z vaqtida xabardor bo‘lish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Tumanda joriy yilning fevral oyida aksiya tashkil etildi. Unda Respublika onkologiya ilmiy markazi viloyat filialining oliy toifali shifokorlari bilan hamkorlikda 6ta qalqonsimon bez tsistoadenomasi operatsiyasi master-klass tariqasida o‘tkazildi. Mazkur aksiya doirasida 20 nafar fuqaroda ana shunday jarrohlik amaliyotini qo‘llash rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, markaziy shifoxona oshxonasida 22 million so‘mlik qayta ta'mirlash ishlari olib borilib, malakali oshpazlar ishga qabul qilindi. Hozirda bu yerda 30 turda parhez taomlari tayyorlanib, bemorlarga tarqatilmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatda yashayotgan barcha fuqarolar davlat xizmatlaridan birdek foydalanishga haqli. Bu Qo‘shrabot xalqiga ham tegishli ekanligini bugun tumanda yashayotgan insonlar ham yaxshi his qila boshladi.
Mavzuga oid
10:09 / 15.07.2022
Samarqandda bokal bilan urib hamshiraning boshini yorgan bog‘cha mudirasi ishdan bo‘shatildi
09:34 / 14.07.2022
Samarqandda bog‘cha mudirasi metodistning boshini krujka bilan urib yordi
21:29 / 02.03.2021
Qo‘shrabotda SES binosini qurish va ta'mirlashda talon-torojlik fosh etildi
19:23 / 13.11.2020