Ijtimoiy tarmoqlarda Qöşrabot tumanidagi maktabgaça ta’lim muassasalaridan birida xodimlar bir-birini "krujka" bilan urib, boşini yorgani haqida video tarqaldi. Samarqand viloyati IIB holat böyiça rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, 2022 yilning 1 iyul kuni Qöşrabot tumanidagi maktabgaça ta’lim muassasalaridan birining mudirasi Ç.A. hamda şu muassasa metodisti E.G. örtasidagi kelişmovçilik natijasida janjal yuzaga kelgan. 

Viloyat IIB axborotida aytilişiça, özaro janjal davomida Ç.A. E.G.ning boşi qismiga bokal bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 2 iyul kuni Qöşrabot tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Rasmiy xabar matniga köra, hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.