Keça Tojikiston poytaxtiga yetib kelganimizdan söng, Duşanbeda tunab, şahardagi sayrimizni ertalab Sadriddin Ayniy nomidagi teatr maydonidan boşladik. Çunki öşa binoning yonidagi «Rohat» mehmonxonasiga qöngan edik. Alohida ta'kidlaş joizki, keçasi bilan Duşanbeda qattiq şamol turib, osmondan çang yoğilgandi, keyingi kuni, biz şaharni tark etgunga qadar ham havoning avzoyi oçilmadi.

Şunga qaramasdan erta bahor oğuşidagi Duşanbe benazir darajada gözallik kasb etgan edi.

Şaharda, asosan, xorijda işlab çiqarilgan maşinalar harakatlanadi. Barçasi «Toyota», «Mersedes», «Opel» kabi donği ketgan brendlar. Onda-sonda özimizga yaxşi taniş «Neksiya-1», «Matiz», «Laçetti», «Damas» va hattoki «Tiko»ni ham uçratib qoliş mumkin. Ular Özbekistondan emas, Koreyadan olib kelingan bölsa kerak.

Şaharda harakatlanuvçi lisenzion taksilarning barçasi lyuks turdagi xorijiy avtomaşinalar. Hattoki politsiyaçilar «Honda» jipida yurişibdi.

Şaharda jamoat transporti juda yaxşi yölga qöyilgan. Toşkent va Samarqand bir neça yil avval voz keçib yuborgan trolleybuslar insonlar uzoğini yaqin qilmoqda. Trolleybuslar şaharning eng markaziy köçalarida harakatlanişadi. Masalan, manavi buzilib qolgan trolleybus Tojikiston prezidenti ma'muriyati oldida töxtab turibdi.

Şaharda Turkiyada işlab çiqarilgan past polli «Isuzu» avtobuslari ham harakatlanayotganiga guvoh böldik.