Özbekiston va Tojikiston örtasida döstona aloqalar qayta tiklanib, ikki mamlakat fuqarolari 30 kungaça vizasiz kirib-çiqiş tartibi joriy etilgaç, qardoş xalqlarning bordi-keldisi köpaydi.
Navröz ayyomida Samarqandda tojikistonlik köplab turistlarni körib xursand bölgan edik. Tojikistonlik fuqarolar poytaxtimiz Toşkentgaça öz şaxsiy maşinalarida kelib, aylanib ketişmoqda.

Ikki davlat örtasidagi kelişuv amalda qanday işlayotganini köriş uçun, Kun.uz tahririyati topşiriğiga köra Tojikistondan reportajlar tayyorlaş uçun men va hamrohim, tasvirçi-operator Ma'rufjon Asqarov Tojikiston Respublikasiga xizmat safariga jönadik.
Samarqandda işlarimizni tugatgaç, soat 16:00 larda Urgut tumanidagi «Jartepa» nazorat-ötkaziş punktiga keldik.

Hujjatlarimizni körib çiqişdi, muhr bosişdi, maşina va yuklarimizni tekşiruvdan ötkazişdi — bularning barçasiga 20 daqiqaça vaqt ketdi.
Bu bundan ham tezroq bölişi mumkin edi. Lekin mendan avvalroq navbatda turgan tojikistonlik ayol Samarqand nonlaridan köproq olgan ekan, bojxonaçilarimiz «belgilanganidan ortiğini taşlab ketasiz, qoida şuni taqozo etadi», deb turib olişdi. Mehmon ayol «uyimda ma'rakam bor, mehmonlar keladi, şunga oluvdim», deydi qisinib.
Menga navbat yetgunça ularning tortişuvini qalbim oğrigança ança kuzatib turdim, keyin meni «aka, siz kutib qoldingiz», deb ulardan ham oldinroq tekşirib ötkazib yuborişdi. Voqea nima bilan tugaganini bilmay qoldim.
Tojikistondagi «Sarazm» çegara postida esa 5 daqiqa ham vaqt ketmadi. Öta xuşmuomalalik bilan kutib olişdi, pasport nazorati, maşinaning texnik pasportidan nusxa köçirişdi, taşrif sababini söraşdi va jurnalist ekanligimni bilişgaç, «Xuş omaded! Rohi safed» deb kuzatib qöyişdi. Şaxsiy avtomaşinasida ötadiganlar uçun 50 AQŞ dollari atrofida qandaydir tölov borligi haqida eşitgandim. Uni bizdan söraşmadi. Men ham sababini sörab ötirmadim.

Nazorat ötkaziş punktidan çiqişimiz hamono oynadek tekis, çetlari hafsala bilan çizilgan asfalt yölga çiqdik. «Bayram, qolaversa çegara oçilişi munosabati bilan yaxşilab asfalt qilişipti-da, qöşnilarimiz», deb öyladik. Çunki, «Jartepa»ga borgunimizça biz tomondagi yölning ham öydim-çuqur joylari yamab çiqilgan ekan.






























