Amalga oşirilayotgan islohotlarning ijobiy samarasini xalqimiz ertaga yoki kelajakda emas, bugun öz hayotlarida his qilişlari hamda xalqimizning davlatdan rozi bölişiga erişiş nihoyatda zarur. Buning uçun, bor içki imkoniyatlarimizdan samarali foydalanişimiz juda muhimdir.

Ayni şu maqsadda, davlat rahbarining Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida, jumladan, deputatlar aniq dolzarb muammolarning huquqiy yeçimiga qaratilgan asoslantirilgan öz takliflarini tayyorlab taqdim etib boriş amaliyotini keng yölga qöyişlari lozim ekanligini ta'kidlagan edi.

Hamkasbimiz, Oliy Majlis deputati A.Abduqodirovning ta'limga oid, jumladan, kontrakt tölovlariga oid bildirgan takliflari ayni yuqoridagi maqsadlarni nazarda tutgan. 

Unda, birinçidan, iyul va avgustdagi ta'til oylari uçun stipendiya tölamaslik hisobiga barça ta'lim yönalişlari böyiça bir öquv yili uçun tölov-kontrakt mablağlari miqdorini örtaça eng kam iş haqining uç barobari (taxminan 510 ming söm) miqdorida kamaytiriş; ikkinçidan, semestr böyiça stipendiya tayinlangan har bir oy uçun stipendiyaning eng kam iş haqining bir yoki bir yarim barobaridan ortiqça qismi hisobidan belgilangan tölov-kontrakt mablaği miqdorini kamroq tölaş tartibini yölga qöyiş; masalan, 280 ming söm stipendiya tayinlangan talaba, agar xohlasa, keyingi oylar davomida 280 ming söm emas, balki 172 ming söm stipendiya olişi hisobiga keyingi semestr uçun (108000*6 oy) 648 000 söm kamroq kontrakt tölovini tölaydi, yoki 500 ming söm stipendiya tayinlangan talaba, agar xohlasa, keyingi oylar davomida 500 ming söm emas, 172 ming söm stipendiya olişi hisobiga keyingi semestr uçun (328000*6 oy) 1 968 000 söm kamroq kontrakt tölovini tölaydi.

Uçinçidan, test sinovlarida yuqori ball töplaganligiga qarab dastlabki 12% talaba töliq davlat granti asosida, keyingi 12% talaba tölov kontrakt miqdorining 35% ini yoki 2 538 ming söm, keyingi 12% talaba tölov kontrakt miqdorining 60%ini yoki 4 350 ming söm, navbatdagi 12% talaba esa tölov kontrakt miqdorining 80%ini yoki 5 800 ming söm, qolgan 52% talaba esa tölov kontrakt miqdorining töliq, ya'ni 7 250 ming söm kontrakt summasini tölaydi. 
Uşbu takliflar qöllab-quvvatlansa, davlat byudjyetidan heç qanday ortiqça mablağ talab etmaydi yoki daromadlarning kamayişiga ham olib kelmaydi. 
Aksinça, xarajatlar kamayadi hamda daromadlar bir neça milliard sömga ortadi. 

Şuningdek,

1) abituriyentlarning yuqori ball oliş uçun bilimli bölişlari yanada rağbatlantiriladi; 
2) tölov-kontrakt mablağlarini tölaşda ota-onalarga tuşadigan yuk kamayadi hamda qulaylik yaratiladi;