Prezidentning “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlaş tizimini yanada takomillaştiriş va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni qabul qilindi. Unga köra, kasbiy ta’lim taşkilotlarining amaldagi turlari maqbullaştirilib, kasbiy ta’limning barça darajalari böyiça kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmoği taşkil etiladi.

Texnikumlarda:

– kadrlar tayyorlaş ta’limning xalqaro standart tasniflagiçi va Özbekiston milliy malaka tizimi talablariga mos ravişda taşkil etiladi;

– boşlanğiç, örta va örta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari böyiça kadrlar tayyorlaş yölga qöyiladi, şuningdek, malaka va kompetensiyalar böyiça qisqa muddatli öquv kurslari taşkil etiladi;

– boşlanğiç kasbiy ta’lim dasturlari böyiça kadrlar tayyorlaş umumiy örta ta’lim taşkilotining 9-sinfini tamomlagan öquvçilar uçun – davlat granti asosida amalga oşiriladi;

– örta va örta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari böyiça kadrlar tayyorlaş davlat granti va tölov-kontrakt asosida taşkil etiladi;

– örta maxsus kasbiy ta’lim dasturlarining bitiruvçilariga özlaştirgan modullari, töplagan kreditlari va oliy ta’lim taşkiloti tomonidan belgilangan ballar örtaça qiymatidan (GPA) kelib çiqib, bakalavriatning tegişli bosqiçidan öqişni davom ettirişga ruxsat etiladi.

Şuningdek, 2025 yil 1 yanvardan negizida texnikumlar taşkil etiladigan kasbiy ta’lim taşkilotlari röyxati tasdiqlandi. 2025 yil 1 sentabrgaça respublika ijro etuvçi hokimiyat organlari va xöjalik birlaşmalari belgilangan tartibda kadrlar buyurtmaçisi va sanoat hamkori sifatida texnikumlarga biriktiriladi.

2025/26 öquv yilidan texnikumlarga quyidagilarni amalga oşirişga ruxsat beriladi:

  • fanlarni bir-biriga integratsiya qiliş, ajratilgan soatlar doirasida mutaxassislik va umumkasbiy fan (modul)larning soatlarini 30 foizgaça özgartiriş;