Sirdaryo viloyati azaldan özining ajoyib futbolçilari bilan dong taratgan. Bu yerda yetişib çiqqan bir qator futbolçilar, keyinçalik Özbekiston terma jamoasi şarafini xalqaro musobaqalarda himoya qilgan.
Öz vaqtida Igor Şkvirin, Gennadiy Denisov, Töra Şoymardanov, Medvedev, Grişankov, Gali Imomov, aka-uka Gogolkin, aka-uka Davlatovlar aynan Yangiyer futbol maktabida ilk saboqlarini olişgan. Hozirgi kunda ham Özbekistonning turli klublarida töp surib kelayotgan Sardor Rahmonov, Javlon Mirabdullayev, Abbos Maxsitaliyev, Bobur Davlatov, Lutfulla Törayev, Davron Hoşimov, Şohnazar Norbekov kabi bir qator futbolçilar, terma jamoa a'zosi, Rossiya çempionati iştirokçisi Doston Hamdamov ham aynan Sirdaryo futbol maktabi tarbiyalanuvçilari sanalişadi. Qariyb 53 yillik tarixga ega bölib turgan klub bugun yöqolib ketiş arafasida. Qariyb yöqolib ketdi, deyiş ham mumkin.
Gap şundaki, ötgan mavsumgaça ham «Yangiyer» jamoasi Özbekiston birinçiligida iştirok etib kelardi. Jamoa moliyaviy qiyinçiliklarga qaramay, ligada örnini saqlab qoluvçi örinlardan birini egalladi. Ammo yangi mavsumga umid bilan tayyorgarlikni boşlagan jamoa uçun kutilmaganda barçasi tugadi. Viloyatning futbolga mas'ul mutasaddilari jamoani ta'minlaşni istaşmadi va oqibatda jamoa qarz botqoğiga botib ketdi.
Aslida Özbekiston futbolini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi Vasiylik kengaşining 2017 yil 25 yanvardagi, şuningdek 2017 yil 15 fevraldagi bayonnomalari asosida jamoani doimiy ravişda ta'minlab turadigan homiylar tayinlangandi. Jamoa hisobiga yetarliça mablağ tuşib turişi lozim edi. Ammo unday bölib çiqmadi.
Jamoa ötgan mavsumni yakunlab qöygan bölsa-da, 2017 yilning aprel oyidan buyon şartnomada körsatilgan oylik maoşlari va mukofot pullarini futbolçilarga tölab bera olmagan. Jamoa ta'sisçisi bölgan firma Yangiyer şahar davlat soliq inspeksiyasidan, IIB va qator xizmat körsatuvçi taşkilotlardan qarzdor sanaladi. Misol uçun, «Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazi» MÇJ bilan tibbiy xizmat körsatiş şartnomasiga köra, jamoa bu taşkilotga 35 million söm ötkazib berişi kerak. Ammo jamoadagi moliyaviy holat bunga yöl bermaydi. Bu hali hammasi emas. Sirdaryo viloyati IIB patrul post xizmati bilan tuzilgan şartnoma şartlari bajarilmagani uçun, taşkilot klub ustidan sudga murojaat qilgan. Sud esa Sirdaryo viloyati IIB patrul post xizmati va jamoat tartibini saqlaş boşqarmasi foydasiga 54 mln 773 ming söm mablağ tölab berilişi lozimligi böyiça yakuniy qarorni çiqargan.
Ammo bu Sirdaryo viloyatidagi yagona klub muammosi emas. Örganişlarimiz natijasida, öz vaqtida Oliy liga öyinlarida ham iştirok etgan viloyatning boş jamoasi «Guliston» ham yöqolib ketiş arafasida turgan ekan. Jamoa ham qarzga botib qolgan va faoliyatini aro yölda töxtatib qöygan. Ayni vaqtda «Guliston» jamoasining xodimlardan, futbolçilarning oyligidan qarzi 90 mln sömni, soliqlar va jamğarib boriladigan pensiya ta'minotidan jami 16 mln 786 ming söm, umumiy hisobda 106 mln 786 ming söm miqdorida qarzga kirib qolgan.













