Uşbu masalalar yuzasidan özgartirişlar 18.04.2018 yildagi ÖRQ–476-son qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga (JPK) kiritildi, deb yozmoqda Norma.
19 oktabrdan boşlab qator yangiliklar kuçga kiradi.
Birinçidan, jinoyat işlari böyiça video-konferentsaloqa rejimida oçiq sud majlislarini ötkazişga ruxsat etildi. Bu tomonlarning iltimosnomasiga köra yoki sudning öz taşabbusiga binoan ötkazilişi mumkin. Yopiq sud majlislarida videokonferentsaloqadan foydalaniş taqiqlanadi.
Uzrli sabablarga köra sudga kelmagan guvoh va jabrlanuvçi videokonferentsaloqa vositasida söroq qilinişi mumkin. Protsessning boşqa iştirokçilari (davlat ayblovçisi, himoyaçi, sudlanuvçi va boşqalar)ning şaxsan kelişi majburiyligi haqida tuzatişlarda biror nima deyilmagan. Nazarimizda, ularning kelişi va şaxsan söroq qilinişi majburiyligi saqlanib qolgan.
Sud majlisi videokonferentsaloqa rejimida ötkazilgan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida:
• sud majlisi videokonferentsaloqa rejimida ötkazilganligi haqidagi;
• texnika vositalari töğrisidagi;
• sud majlisini videokonferentsaloqa rejimida ötkazişga kömaklaşayotgan sud va xodimlar haqidagi ma'lumotlar körsatilişi kerak.
Agar uning işida texnik nosozliklar yuzaga kelsa, sud ularni bartaraf etiş böyiça çoralarni körgan holda majlisni keyinga qoldirişi mumkin. Videokonferentsaloqa rejimida ötkaziş bilan boğliq xarajatlar sud ajrimiga köra Davlat byudjyetidan qoplanadi. Ammo bu keyinçalik uni mahkumdan undirişni istisno etmaydi.
Ikkinçidan, endi nafaqat söroq qilişlarni, balki butun sud majlisini video- va audioyozuvga olişga ruxsat beriladi. Avvalgidek, ovozlarni yozib oliş, fotosuratga, videoyozuvga va kinotasvirga olişga faqat sud majlisida raislik qiluvçining ruxsati bilan yöl qöyiladi. Ammo endi bu haqda tegişli ajrim çiqarilişi zarur.
Uçinçidan, kuçga kirgan sud qarorlarini sudlarning rasmiy saytlarida e'lon qiliş amaliyoti joriy etilmoqda. Biroq bu majburiy bölmaydi. Tomonlar oşkor etilişiga qarşi bölişi mumkinligini inobatga olgan holda ularning ham roziligini olişga töğri keladi. Agar rozilik olinmagan bölsa, biroq sud e'lon qiliş zarur deb hisoblasa, saytga qaror şaxsi körsatilmagan tarzda (protsess iştirokçilari haqidagi ma'lumotlarni körsatmagan holda) joylaştiriladi.
















