
2023 yil 28 sentabr kuni soat 2:43 da Toşkent şahri Sergeli tumani Quruvçilar massivida Inter logistics kompaniyasi omborxonada kuçli portlaş röy bergan edi. Rasmiy ma’lumotlarga köra, hududdagi 39 ta köp qavatli uyning 1370 ta xonadoni hamda 246 ta hovliga ziyon yetib, umumiy zarar miqdori 14,5 mlrd sömni taşkil etgandi. Fojia oqibatida 1 nafar ösmir vafot etgan, 100 dan ortiq kişi jabrlangandi.
Daryo.uz naşrining xabar berişiça, 11 oktyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudida sudya Dadaboyeva raisligida mazkur iş körib çiqildi. 4 nafar sudlanuvçining har biri Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a” hamda “b” bandlari nazarda tutilgan jinoyatlar — “odam ölişi va boşqa oğir oqibatlar kelib çiqişiga sabab bölgan holda yonğin xavfsizligi qoidalarining şu qoidalar bajarilişi uçun mas’ul bölgan şaxs tomonidan buzilişi”da aybdor deb topilgan. Sudlanuvçilarga, uşbu modda uçun nazarda tutilgan eng oğir jazolar tayinlangan, xususan:
Inter Logistics MÇJ direktori Firdavs Sayiddinov – Jinoyat kodeksining 259 modda, 2 qismi “a” va “b” bandlari bilan aybdor, deb topilgan. U şu modda bilan 2 yil davomida “rahbarlik va yonğin xavfsizligi vazifalari yuklatilgan lavozimlarda işlaş huquqi”dan mahrum etilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil koloniyada ötaş belgilandi.

Inter Logistics MÇJ qöriqlaş xizmati boşliği Farhod Abdurahimov – Jinoyat kodeksining 259 modda, 2 qismi “a” va “b” bandlari bilan aybdor, deb topilgan. U şu modda bilan 2 yil davomida “rahbarlik va yonğin xavfsizligi vazifalari yuklatilgan lavozimlarda işlaş huquqi”dan mahrum etilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil koloniyada ötaş belgilandi.
Polychem MÇJ direktori Sardor Bahromov – Jinoyat kodeksining 259 modda, 2 qismi “a” va “b” bandlari bilan aybdor, deb topilgan. U şu modda bilan 2 yil davomida “rahbarlik va yonğin xavfsizligi vazifalari yuklatilgan lavozimlarda işlaş huquqi”dan mahrum etilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil koloniyada ötaş belgilandi.
Polychem MÇJ ombor mudiri Kamoliddin Nazarov – Jinoyat kodeksining 259 modda, 2 qismi “a” va “b” bandlari bilan aybdor, deb topilgan. U şu modda bilan 2 yil davomida “rahbarlik va yonğin xavfsizligi vazifalari yuklatilgan lavozimlarda işlaş huquqi”dan mahrum etilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil koloniyada ötaş belgilandi.
Barça ayblanuvçilar uçun jazo muddatini ötaş – 2023 yil 29 sentabr boşlab hisoblangan hamda qamoqqa oliş ehtiyot çorasi asliça qoldirilgan.
Sud tomonidan sudlanuvçilar hamda Inter Logistics MÇJ, Polychem MÇJdan önlab fuqaroviy jabrlanuvçilar va da’vogarlar foydasiga 282 milliard söm mablağni solidar tartibda undirişi belgilandi.











