Insonning öziga va atrofdagilarga imkon doirasidan yuqori talab qöyişi uni azoblanişga majbur qiladi. Yaxşisi boşqa yölni tanlagan ma'qul. "Layfxaker" perfektsionizmdan voz keçiş uçun arziydigan sabablar haqidagi maqolasi bilan bölişdi.
Tal Ben-Şahar 20 yildan buyon perfektsionizmni örganadi. U perfektsionizmning ikki — ijobiy va salbiy turi borligini aniqladi. U birinçisini — optimalizm, ikkinçisini esa — an'anaviy perfektsionizm deb atagan.
Perfektsionistlar ularning tasavvuriga töğri kelmaydigan barça narsalarni rad etişadi, keyin esa özlarining noreal standartlariga muvofiq kela olmay, azoblanişadi. Optimalçilar hayotni borligiça qabul qilişadi va undagi barça hodisalardan özlari uçun foydali tomonlarini olişadi. Teng şaroitlarda ikkinçi turdagilar muvaffaqiyatliroq bölib çiqişadi. Nima uçun deysizmi?

1. Yöl tanlovi
Töğri liniya — perfektsionist uçun mukammal yöl. Biror tomonga oğib ketiş — uning uçun tanazzulga teng. Optimalçi uçun esa muvaffaqiyatsizlik — yölning ajralmas bir qismi. Uning maqsad sari yöli doim bir neça burilişlardan iborat böladi.
2. Xatolar ustida işlaş
Perfektsionistlarning asosiy xususiyati — muvaffaqiyatsizlikdan qörqiş, ular xatolarni çetlab ötişga harakat qilişadi. Biroq xatolar odamlarga özini çidamlilikka tekşiriş, çiniqiş imkonini beradi. Tavakkal qilib, qulaganimizdan söng yana örnimizdan turamiz va şu tariqa yanada kuçli şaxsga aylanib boramiz. Biz tajriba asosida rivojlanamiz va bunda bizga muvaffaqiyatlarimiz emas, omadsizliklarimiz yordam beradi.
Muvaffaqiyatsizlik muvaffaqiyatni va'da qilmaydi, biroq muvaffaqiyatsizlikning yöqligi doim muvaffaqiyatning ham yöqligini bildiradi.
Muvaffaqiyatsizlik doim muvaffaqiyat bilan boğliq deb tuşunadiganlar öz xatolari ustida işlaşadi, rivojlanişadi va oxir-oqibat muvaffaqiyatga erişişadi.

3. Öziga past baho beriş









