Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev uşbu lavozimga saylangaç, özining dastlabki xorijiy taşrifini Turkmaniston Respublikasiga amalga oşirgan edi.
Ötgan qisqa davr içida Mirziyoyev uç marta Turkmanistonda mehmon böldi, xususan, Turkmanobodda Amudaryo uzra Turkmaniston va Özbekistonni boğlovçi zamonaviy avtomobil va temiryöl köpriklarining oçiliş marosimida iştirok etdi.
Bu Mirziyoyev prezident etib saylangaç, Gurbanguli Berdimuhamedovning Özbekistonga ilk davlat taşrifi. Ikki qöşni davlatning siyosiy, madaniy va iqtisodiy hamkorlik qiliş böyiça hal qilinişi kerak bölgan masalalari juda köp edi.
Ikki davlatning tobora yaxşilanib, yangi bosqiçga kötarilib borayotgan munosabatlari mamlakatlar ravnaqiga xizmat qilişi şubhasiz. Şu bois, bunday taşriflar nafaqat rasmiy doiralarda, balkim aholida, jumladan, yoşlarda ham katta qiziqiş uyğotmoqda. Gurbanguli Berdimuhamedovni Toşkent köçalarida har ikki davlat bayroğini hilpiratib turgan minglab yoşlar qizğin kutib olişdi.
Berdimuhammedovning Özbekistonga taşrifi asnosida Qöşma bayonot imzolandi. Şuningdek, hududlararo hamkorlikni rivojlantiriş, savdo uylari oçiş, işbilarmonlar kengaşi taşkil etiş böyiça, yana transport, tranzit, qişloq xöjaligi, fan-texnika, kasaba uyuşmalari, sport va boşqa sohalarga doir 17ta hujjat imzolangan.
«2017 yil Özbekiston va Turkmaniston munosabatlarida tarixiy yil böldi. Hozirgi kunda hamma kelişuvlarimiz töliq amalga oşirilmoqda. Bugungi uçraşuvimiz ham juda samarali böldi. Mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlikni çuqur, har tomonlama muhokama qildik. Şuni alohida ta'kidlamoqçimanki, bu borada hal etilmagan masalalar qolmadi. Barça yönalişlar böyiça özaro anglaşuvga erişdik. Şu asosda mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş istiqbollarini belgilab oldik. Biz nimaiki qilayotgan bölsak, xalqlarimiz uçun, bolalarimizning kelajagi uçun», — dedi Şavkat Mirziyoyev muzokaralardan söng ommaviy axborot vositalari xodimlari oldida çiqiş qilar ekan.

Şavkat Mirziyoyev Turkmaniston rahbari bilan muzokaralardan keyin OAV vakillari bilan uçraşuv çoğida Özbekiston Turkmaniston-Afğoniston-Pokiston-Hindiston (TAPI) transmilliy gaz quvuri loyihasida iştirok etişini tasdiqlab, bu loyiha Afğonistondagi vaziyatni barqarorlaştiriş omili ekani haqida ma'lum qildi:
«Özbekiston TAPI loyihasida iştirok etadi. Biz bu loyihada turkman döstlarimiz bilan birgalikda tutaşuv nuqtasini topamiz. Bu rostdan ham umumiy loyiha. TAPI —Afğonistonda amalga oşirişni xohlagan tinçlik va barqarorlikni ta'minlaydigan jiddiy loyiha», — dedi Özbekiston rahbari.





















