Turkman xalqining milliy yetakchisi «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Ikki tomonlama muzokaralar yakunida Gurbanguli Berdimuhamedovga O‘zbekiston Respublikasining yuksak davlat mukofoti – «Oliy Darajali Do‘stlik» ordenini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbari mukofotni topshirar ekan, Gurbanguli Berdimuhamedovning qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdagi ulkan xizmatlarini alohida qayd etdi.
- Qardosh Turkmanistonning barcha ulkan yutuqlari, keng ko‘lamli yangilanishlari va xalqaro maydondagi nufuzi yuksalishi sizning nomingiz bilan chambarchas bog‘liq, - dedi O‘zbekiston Prezidenti.
Turkmanistonda iqtisodiyotning barqaror o‘sishi ta’minlanmoqda, aholi farovonligi izchil yuksalmoqda. Prezidentimiz Turkman xalqining milliy yetakchisi tomonidan ilgari surilayotgan global xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash yo‘lidagi xalqaro tashabbuslarni alohida qayd etdi.
Shu munosabat bilan Gurbanguli Berdimuhamedovning 2025 yilni "Tinchlik va ishonch yili" deb e’lon qilish to‘g‘risidagi taklifi xalqaro miqyosda keng qo‘llab-quvvatlangani ta’kidlandi.
Turkmaniston yetakchisining shaxsiy sa’y-harakatlari tufayli O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlari bugungi kunda yuksak darajaga chiqqani, haqiqatdan namunaviy tus olgani ta’kidlandi.
- Shaxsan sizning ko‘magingiz bilan 2017 yilda davlatlarimiz strategik sherikligining mustahkam asosi yaratildi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mamlakatlarimiz parlamentlari, hukumatlari, hududlari, ishbilarmonlari, jamoatchiligi, ziyolilari va yoshlari o‘rtasida faol muloqotlar, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha dastur va loyihalar amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Masalan, keyingi yillarda tovar ayirboshlash bir necha barobar ko‘payib, 1 milliard dollardan oshdi.
Madaniy-gumanitar hamkorlik yuksak e’tirofga loyiq. Masalan, o‘tgan yili Ashxobod va Toshkentda Maxtumquli asarlarining o‘zbek tilidagi to‘plami taqdimot qilindi, shuningdek, Ashxobod xalqaro kinofestivalida o‘zbek-turkman badiiy filmining premerasi bo‘lib o‘tdi.
Gurbanguli Berdimuhamedovga O‘zbekiston Respublikasining oliy mukofoti topshirilishi ko‘p millatli xalqimizning atoqli davlat arbobi, bugungi Turkmanistonning milliy yetakchisi va me’mori sifatida unga nisbatan samimiy hurmat-ehtiromi ifodasi bo‘lgani ta’kidlandi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada ma’muriy javobgarlikka tortilgan relokantlar mulkini musodara qilish boshlanadi
Jahon | 22:17
-
Xitoy Yerning elektromagnit maydonini kuzatish uchun 3 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga uchirdi
Jahon | 21:52
-
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi
Sport | 21:21
-
Tehronda O‘zbekiston-Eron biznes forumi o‘tkazildi
O‘zbekiston | 21:05
Mavzuga oid

07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

15:46 / 09.05.2025
Foto: Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi harbiy paradda ishtirok etdi

19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi

16:33 / 08.05.2025