Öylaymanki, Qirğiziston safariga borib töplagan ma'lumotlarim siz uçun qiziq böladi. Işoning, yonma-yon yaşaydigan qöşni davlatda ikki kun yuriş asnosida bir jahon yangilik kaşf qildim. Mabodo, uzoqroq joyga borib qolsam - şe'riy doston yozsam kerak.

Ma'lum bir hududda yaşovçi mamlakatlar çegaradoş bölsa-da, ulardagi bir-biridan farqli siyosat, alohida qonunlar, tanlangan taraqqiyot yöli va islohotlar tufayli öziga xos jihatlarga ega böladi. Şuning uçun har biri qöşnilaridagi yangiliklarni qiziqib, suriştirib turişadi.

Farğona vodiysi deya atalmiş hududda - Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston davlatlariga qaraşli viloyatlar bor.

Bizning bu safargi borar manzilimiz, Qirğizistonning janubiy poytaxti deya ataluvçi Öş şahri va viloyati böldi.

Andijonning Xöjaobod tumanida uzoq muddatli tanaffusdan söng ötgan yili qayta oçilgan “Döstlik” bojxona çegara postidan ötişga yigirma daqiqa vaqtimiz ketdi.

Çegara posti asli alohida mavzu bölib, biz unga Qorasuv bozori haqida söz borganida yana qaytamiz. Qisqaça qilib aytganda, bu postdan kuniga 12 mingga yaqin odam va 500dan ziyod transport ötadi. Özbekiston tomonidan qöşni xalq bozorlariga meva, sabzavot va boşqa qişloq höjaligi mollari hamda oz miqdorda sanoat mollari ötsa, Öş tomondan, asosan, Xitoyda işlab çiqarilgan maişiy texnika jihozlari ötişi ming ğavğolar keltirib çiqaradi. Özimizning bojxona xodimlarini yaxşi şaroitlarda, xuşmuomalalik bilan zör işlayotganiga şaxsan guvohman.

 Lenin haliyam bor ekan...

Öş tabiati Andijonnikidan biroz salqinroq. Oloy toğ tizmalari yaqinligi sabab, bu yerga bahor 20 kun keç qoladi, qiş esa 20 kun oldin keladi.

“Döstlik” postidan ötiboq, Öş şahriga kirib borasiz. Yöllari Özbekistonnikidan farq qiladi. Ularda hali bizdagi singari keng yöllar qurişga kirişilmabdi. Kiçik-kiçik yöllar. Şahar içida esa avtomaşinalar qatnovçi yöllar, asosan, bir tomonlama harakatga moslaştirilgan.

Ma'lumki, sönggi ön yillikda ikki qöşni xalq örtasida öziga xos murakkab vaziyatga ega vaqtlar ham böldi. Öşanda ikki xalqni boğlab turuvçi çegaralar aholi uçun taqa-taq berkitilgandi. Bozori va mozori bitta bölgan, quda-anda el bir-birinikiga boriş uçun yuz baravar uzoq aylanma yöl yurib, bir uyum hujjat töplab aloqa qilgan. Yaratganga ming bor şukr, hozir unday emas. Ikki davlat rahbarlari allaqaçon bu muammoni ijobiy hal qilişgan.

Biz hokimlik deyişga örgangan muassasa, ya'ni kentning boşqaruv idorasi - şahar meriyasi, deb ataladi. Şahar hokimi esa – mer.

Meriya oldidagi maydonda oxirgi 25 yil orasi bizning közimiz tuşmay qöygan, juda katta ölçamdagi Lenin haykali turardi.

Bizning taajjubimizga meriya matbuot xizmati rahbari Talant Kanatbek öğlining javobi yetarli böldi: “16 tonnalik uşbu haykalni buziş yoki qoldiriş haqida juda köp tortişuvlar böldi. Insonlarning katta mehnati evaziga bunyod etilgan haykalni qoldirişga kelişganmiz. Ta'kidlab qöyay, uşbu Vladimir Iliç haykali heç qanday ğoyaviy kuçga ega emas!”.

Tuşundik-ki, qölini uzatib turgan savlatli haykal ğoyasiz qolgan. Va biz heç kimga foyda va zarar keltirmayotgan toş şaklni suratga muhrladik.

Meriyada...

Şahar meriyasiga ne maqsadda kelganimizni bildiriş maqsadida kirdik. Qirğizistonda matbuotga e'tibor juda katta ekanligi şu joyda bilindi. Meriya mutasaddilari ön daqiqa içida biz uçun çiroyli qabul uyuştirişdi. Merlikning alohida matbuot xizmati taşkil qilingan bölib, uning rahbari öşa yuqorida sözini keltirganimiz, soqol qöygan yigit Talant Kanatbek öğli. Hokimlikning bir neça mutasaddilari bizga “xuş kelibsizlar”, deya maqsadimiz va rejalarimiz bilan qiziqişdi. Biz ularga niyatimiz qardoş xalqning yaşaş tarzi, qadriyatlari va yurtdagi sönggi yillar davomida yuz bergan özgarişlarni yoritiş ekanligini aytdik. Mutasaddilar nimaki yordam kerak bölsa, tayyor ekanligini bildirişdi.

Ularning: “Biz KUN.UZ’ni bilamiz va kuzatib boramiz”, degani yoqimli böldi. Rejalaştirgan joylarga boriş uçun “Toyota” mikroavtobusini biriktirişgani esa köngilni kötardi.                                      

Şahar körinişi, narx-navo, maoşlar, deyarli tekin internet...

Yuqorida aytganimizdek, Öş mamlakatdagi eng yirik şaharlar sirasiga kiradi. Unda rasmiy ma'lumotlarga köra, 250 ming (norasmiy ma'lumotlarga köra 500 ming) aholi istiqomat qilar ekan. Öşning barça köçalari daraxtlarga burkangan. Şaharda 13 ta millat madaniy markazi mavjud. Darhaqiqat, köpmillatli kent.

Şaharni kezar ekansiz, turli davlatlarda çiqarilgan avtomobillarni körasiz. Köçalarda, asosan, yapon va nemis maşinalari harakatlanyapti. Ba'zi-ba'zida taksi sifatida foydalanilayotgan özimizning “RAVON” körinib qoladi. Öşda metan gaz qöyiş şoxobçalari umuman yöq ekan. Faqat benzin.

Mana şu joyda biroz narx-navo va ijtimoiy soha xodimlarining oyliklariga töxtalamiz. Eng kam iş haqi, degan narsa ularda yöq. Öqituvçi va tibbiyot xodimlarining  örtaça maoşi 14 ming qirğiz somi atrofida. Izoh berib ötamiz - 1 qirğiz somi – bizning özbek sömida 125 söm böladi. 14 ming söm maoş bu - 200 AQŞ dollari atrofida yoki 1 mln. 750 ming özbek sömiga teng.

Şaharda 56 maktab bölib, ulardan 23 tasi xususiy ta'lim dargohlaridir. 52 ta boğçaning ham teng yarmi xususiy ekan. Öz farzandini xususiy boğça yoki maktabda öqitmoqçi bölgan ota-ona 3 mingdan 10 ming somgaça pul tölaydi.

Benzinning bir litri 40 qirğiz somiga quyiladi. Mol göşti 1 kg. 315 som (özbek sömida 35 ming), şakarning kilosi 50 (5500), sutning litri 30 som.

Öş köçalari juda ozoda. Hammayoqda çiqindi qutilari. Köçasida sigaret qoldiği yoki pista pöçoğini izlab topa olmaysiz. Eng qiziği, avtomobil egalari juda madaniyatli ekan. Ikki kun yurib, bir-biriga aççiq qilib signal çalgan şofyorni körmadik.

Tabiiyki, Öş hududiga ötişimiz bilan uyali telefonlarimizda aloqa uzilib qoldi. Hamrohlarimizga: “Qayerdan sim-karta olişimiz mumkin?”, degan savolni berdik. Ular: “Istalgan savdo dökonidan”, deb javob berişganida taajjublandik. Köçadagi har qanday dökondan heç qanday hujjatsiz, xuddi saqiç xarid qilgandek uyali aloqa kompaniyasining sim-kartasini olişingiz mumkin ekan.

Işonmasligingiz mumkin, 40 qirğiz somiga, (özimizni valyutada 5000 söm böladi) 4 gb. internet va tarmoq içida bepul sözlaşuvlar berilar ekan. Yana internet tezligi 4G. Qiziği, yuqori tezlikdagi limit tugagaç, 3G tezlikdagi internet tekin.

Toşkentning SU-50, 12 - tresti Öşda nima quryapti?

Hamrohlarimizga şahar markazida Özbekiston tomonidan maktab qurilayotgan joyga boriş taklifini aytdik. Ular yöl boşladi.

Ötgan yili aprel oylarida Özbekiston tomonidan Öşda maktab bunyod etilişi haqidagi xabarni eşitganimiz bor. 1.11 gektar joyda qad rostlayotgan maktabda iş qizğin. Toşkent şahridagi SU-50, “Trest-12” quriliş taşkiloti iş yurituvçisi loyiha bilan taniştirdi. 650 örinli körkam va zamonaviy maktabda kerakli barça narsa böladi: sport va majlislar zali, mehnat xonalari, şifokor xonasi, oşxona va yozgi sport kompleksi. Şuningdek, uç qavatli binoning har bir qavatida laboratoriya va ustaxonalar joylaşadi.

“Barça binokorlarimiz Toşkentdan. Quriliş materiallari Özbekistondan keltiriladi. Qaysi iş bajarilişiga qarab brigadalarni çaqiramiz”, - deydi taşkilot iş yurituvçisi. Binoda hozir kommunikatsiya tizimini yaratiş va pardozlaş işlari ketyapti. Mazkur ta'lim dargohini şu yil yozda bitkaziş rejalaştirilgan ekan.

Qöşni bölsa ham özga mamlakatda öz yurtdoşlaringni köriş, baribir bölakça. Özbekistondan yangi öquv yiliga tuhfa qilinadigan maktab muhim va juda kerakli. Mazkur savobli iş xalqlarimizni yanada yaqinlaştirişga xizmat qilişi aniq.

Rosti, maqolam çözilib ketdi... Şunday ekan, hozirça safarimizning birinçi kuni haqidagi hikoyamni yakunlayman. Safar taassurotlarining ikkinçi qismida esa sizga yanada köp yangilik beruvçi ma'lumotlar bor.

P.S: “Qorasuv” bozoriga borganimiz, bizdan ilgarilab ketgan qirğiz futboli, “Sulaymon” toği, Öş telekanallari soni, Öşda urf bölgan özbek saqiçi haqida keyingi safar gaplaşamiz. Maqola nomi ham uluğ bobomiz Zahiriddin Muhammad Boburning "Hind sori yuzlandim...", ruboiysiga uyğun etilgani ham bejiz emas...

Elmurod Ermatov,

KUN.UZ muxbiri