Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston o‘z fuqarolariga Ukrainani tark etishni tavsiya qildi
Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi «vaziyat to‘liq barqarorlashguncha» Ukrainani tark etish yaxshiroq ekanini ta’kidladi.
Foto: AFP
Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Kiyev viloyatiga hujum sodir etilgani haqidagi xabarlar tufayli kuchaytirilgan choralar shaxsiy xavfsizlikni ta’minlashga yordam bermasa, Ukrainada yashovchi vatandoshlariga mamlakatni tark etishni tavsiya qildi.
Bu tavsiyalar Qirg‘izistonning Ukrainadagi elchixonasi tomonidan 2024 yil 20 noyabrda dronlar yordamida Kiyev viloyatiga ommaviy hujum uyushtirilgani haqidagi ma’lumot bilan bog‘liq holda berilgan. Tashqi ishlar vazirligi «vaziyat to‘liq barqarorlashguncha» Ukrainani tark etish yaxshiroq ekanini ta’kidladi.
Avvalroq Kiyevdagi AQSh elchixonasi 2024 yilning 20 noyabrida ehtimoliy hujum haqida olingan ma’lumotlar tufayli ishni to‘xtatganini e’lon qilgan edi.
Ispaniyaning Ukrainadagi elchixonasi ham shu kuni yopildi. Uning xodimlari elektron pochta orqali fuqarolarni Ukraina bo‘ylab havo hujumlari xavfi ortishi haqida ogohlantirgan.
Rossiya Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, hujumlar faqat Ukrainaning harbiy va energetika obektlari hamda tegishli infratuzilma obektlariga qarata amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
15:50 / 24.05.2026
Rossiya Ukrainaga «Oreshnik» bilan zarba berdi
10:11 / 24.05.2026
Luhansk oblastidagi kollej binosiga zarba oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
23:17 / 23.05.2026
AQShning Kiyevdagi elchixonasi Ukrainaga keng ko‘lamli hujum bo‘lishi haqida ogohlantirdi
14:50 / 23.05.2026