Adolf Hitler ölimi borasida son-sanoqsiz taxminlarga, u ölmagani va Antarktidaga törtinçi reyxni barpo etiş uçun ketgani haqidagi farazlarga nuqta qöyildi. Hitler aniq Berlinda 1945 yilda, sianid zahari va öqdan ölgan. Bu haqda diktatorning Moskvada saqlangan tiş bölagiga tayanib fransiyalik tadqiqotçilar ma'lum qilişdi. 

“Bu tişlar Hitlerniki, bunga şubha yöq. Tadqiqotlarimiz Hitlerning 1945 yilda ölganini isbotlaydi”, deb aytgan professor Filipp Şarle. “Biz Hitler haqidagi barça fitnalarga çek qöya olamiz. U Argentinaga suv osti kemasida qoçmagan, Antarktidadagi yaşirin bazada yoki Oyning qoronği tomonida yaşirinmagan”, deydi olim.

Tadqiqot natijalari European Journal of Internal Medicine jurnalida çop etilgan.

Hitlerning yomon tişlari va köplab protezlari tahlili ularda oq qatlam (toşlar) borligini va heç qanday göşt qoldiqlari yöqligini körsatgan. Diktator vegetarian bölgan, deb aytmoqda olim. 2017 yil mart va iyulida Rossiya Federal xavfsizlik xizmati va davlat arxivi olimlarga Hitler suyaklarini tadqiq qilişga ruxsat bergan. Frantsuzlar fyurerning boşi suyagini tadqiq qilişga muvaffaq bölişgan. Boş suyagida çap tomondan ehtimol öq ötişidan qolgan teşik topilgan.

Umuman olganda, tadqiqot Hitler 1945 yil 30 aprelda Berlindagi bunkerida rafiqasi Yeva Braun bilan ölgani haqidagi umumqabul qilingan taxminni tasdiqladi. Biroq olimlar endi fyurer aynan nimadan ölgani borasida boşlari qotgan: öqmi yoki sianidli ampulami? Unisi ham, bunisi ham bölişi mumkin. Bundan taşqari, Hitler boş suyagi oğiz qismida porox izlari topilmagan va demak, töpponça oğizga emas, böyin yoki peşonaga qaratilgan bölişi mumkin.

Olimlarning fikriça, tiş protezlaridagi kökimtir qatlam sianid va protezlardagi metallning kimyoviy reaksiyaga kirişganidan darak berişi mumkin.