Jahon | 09:50
1241
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh prezidenti Jo Bayden amaliy tashrif bilan Berlinga keldi

AQSh prezidentining Germaniyaga amaliy tashrifi doirasida Bayden, Shols, Makron va Starmer ishtirokida to‘rtlik formatida uchrashuv ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Foto: Elizabeth Frantz/REUTERS

AQSh prezidenti Jo Baydenning Air Force One samolyoti 17 oktyabr, payshanba kuni kechqurun Berlin-Brandenburg aeroportiga qo‘ndi. Tashrif dasturiga ko‘ra, 18 oktyabr kuni Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer Amerika davlati rahbarini o‘zining qarorgohi – Belvyu saroyida qabul qiladi. Shu bilan birga, Bayden Germaniyaning eng oliy davlat mukofoti – «Germaniya Federativ Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun» maxsus Katta xoch ordeni bilan tantanali ravishda taqdirlanadi.

Ushbu voqea haqida ma’lum qilar ekan, Germaniya prezidenti kanselyariyasining ta’kidlashicha, Jo Baydenning nemis-amerika do‘stligi va so‘nggi besh o‘n yillikda asosan Bayden tufayli mustahkamlangan transatlantik ittifoqdagi aloqalar qayd etiladi. Jo Bayden Germaniya oliy davlat mukofotini katta Jorj Bushdan (1989 yildan 1993 yilgacha AQSh prezidenti lavozimida ishlagan) keyingi olgan AQShning birinchi prezidentiga aylanadi.

Shols va Bayden telefon orqali Kiyevga keyingi yordamni muhokama qildi

Germaniya kansleri Olaf Shols va AQSh prezidenti Jo Bayden 10 oktyabr kuni kechqurun telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda Germaniya federal hukumati va Oq uy matbuot xizmatlari.

GFR matbuot bayonotida ta’kidlanishicha, Bayden Shols bilan «Milton» to‘fonidan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlardagi mavjud vaziyat haqida gaplashgan. Aynan Florida qirg‘oqlariga to‘fon yaqinlashgani munosabati bilan AQSh prezidenti avvalroq Germaniyaga rejalashtirilgan tashrifini bekor qilgan, u yerda Ukraina bo‘yicha Ramshtayn formatidagi aloqa guruhi yig‘ilishida qatnashmoqchi edi. Natijada bu uchrashuv qoldirildi.

«Uning (Jo Bayden) ushbu holatlarni hisobga olgan holda tashrifini kechiktirish haqidagi qarori federal kansler tomonidan to‘g‘ri qabul qilindi», — deya ta’kidlaydi Germaniya hukumati matbuot xizmati.

Mavzuga oid