Jahon | 08:55 / 29.06.2018
16052
6 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkdagi praymerizda 28 yoshli qiz g‘alaba qozondi. AQShda yana bir buyuk siyosatchi yetishib chiqyaptimi?

Foto: The New York Times

26 iyun kuni AQShning yettita shtatida birlamchi partiya saylovlari bo‘lib o‘tdi, natijalar 2018 yil noyabrda kongressga kimlar saylanishini aniqladi. Nyu-Yorkning 14-okrugidan (Kuins va Bronks tumanlarini o‘z ichiga oladi) asosiy nomzodga amaldagi kongressmen, 56 yoshli demokrat Jo Krouli aylandi. U bu lavozimni ketma-ket o‘n marta egallagan va mish-mishlarga ko‘ra, kelajakda vakillar palatasida demokratik fraksiyani boshqarishi kerak edi. U saylovoldi kampaniyasiga yirik homiy-kompaniyalardan 3 mln dollar yig‘di.

Bu kabi qo‘llab-quvvatlov va qudratli ro‘yxatga ega siyosatchini kimdir mag‘lub etishiga deyarli hech kim ishonmagandi. Bundan tashqari, uning asosiy raqibiga Bronksda yashovchi 28 yoshli Aleksandriya Okasio-Kortez aylandi, u hatto siyosiy tajribaga ham ega emasdi. U  saylovoldi kampaniyasini «maydonda» o‘tkazdi: o‘zi tuman aholisi bilan uchrashdi, ularga dasturlari haqida so‘zlab berdi va korporatsiyalar pullaridan butunlay voz kechib, kichik ehsonlar yig‘di. Shu tariqa, 300 ming dollarni to‘pladi - Krouliga qaraganda o‘n barobar kamroq.

Yakunda Okasio-Kortes praymerizda 58 foiz ovoz to‘plab, Kroulini 16 foiz punktiga ortda qoldirdi. Agar u kongressga o‘tadigan bo‘lsa (buning esa juda ehtimoli baland, sababi uning okrugida demokratlar katta qo‘llab-quvvatlovga ega), vakillar palatasida butun tarixdagi eng yosh ayolga aylanadi.

Okasio-Kortesning otasi kichik biznesga ega bo‘lgan, onasi esa Puerto-Rikodan kelgan va farrosh hamda maktabda avtobusi haydovchisi bo‘lib ishlagan; qizcha munitsipal maktabdagi o‘qishiga - Yorktaunga 50 kilometr yo‘l bosib borishga majbur bo‘lgan. Maktabdan keyin u Boston universitetiga o‘qishga kirib, iqtisod va xalqaro aloqalar bo‘yicha bitirdi. Okasio-Kortes o‘z oilasida oliy ma'lumotli birinchi shaxsga aylandi.

Ko‘p o‘tmay qizning otasi saraton kasalligidan vafot etadi. Okasio-Kortes onasiga yordam berish uchun ikki smenada ishlashga majbur bo‘ldi, - kunduz kuni davlat muassasalarida, kechqurun esa ofitsiantka bo‘lib. Uning so‘zlariga ko‘ra, kuniga 18 soatlab ishlagan payti ham bo‘lgan. «Men ishchilar sinfidagi amerikaliklarning og‘rig‘ini tushunaman, chunki uni o‘zim boshimdan kechirdim», - deydi Okasio-Kortes.

O‘qish paytida Okasio-Kortes senator Ted Kennedining shtabida ishlab, immigratsiya masalalari bilan shug‘ullandi. Okasio-Kortes saylovoldi kampaniyasining saytiga ko‘ra, u bolalikdan Amerika jamiyatidagi ijtimoiy tengsizlik haqida yaxshi bilgan - hamda insonning tug‘ilgan joyi uning taqdirini katta darajada belgilab qo‘yishini tushungan.

2016 yilda Berni Sanders saylov kampaniyasida ishtirok etdi va faollik bilan shug‘ullandi, xususan, u Dakota Access neft quvurining tub amerikaliklar yeri orqali qurilishiga qarshi chiqqan. AQShdagi prezidentlik saylovlarida Donald Tramp g‘alaba qozongach, Okasio-Kortes yanada qat'iyatli harakat qilish kerakligini tushundi, - hamda 2017 yil may oyida o‘zining saylov kampaniyasini boshladi. Uning fikriga ko‘ra, kongressmen Jo Krouli - siyosiy elitadan bo‘lgan o‘rta yoshli oq tanli erkak - saylovchilarning manfaatlarini ifoda etmaydi, ularning hayotini tushunmaydi, aksincha yirik korporatsiyalarni qo‘llab-quvvatlagan.

Okasio-Kortez esa, aksincha, mahalliy multimadaniy hamjamiyat manfaatlarini kongressda himoya qilishga va'da berdi. «Bu odamlar va katta pullar o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Ularda pul bor, bizda esa - odamlar», - deyilgan uning saylovoldi roligida. Uning tushuntirishicha, Nyu-Yorkda ishchi sinf hayoti tobora qiyinlashmoqda: uy-joy va tibbiyotga xarajatlar ortib bormoqda, daromadlar esa - yo‘q. Okasio-Kortesning NowThis’ga bergan intervyusida aytishicha, Amerika tizimi ishchi sinfdan bo‘lgan odamlarga - o‘qituvchilar, enagalar, ofitsiantkalarga - siyosatga kirib kelish imkonini bermaydi. «Bizning bir vakilimiz uchun vaqt keldi», - deya xulosa qilgan u saylovoldi videoda.

Okasio-Kortes o‘z dasturida barcha amerikaliklar uchun bepul davlat tibbiy xizmati va oliy ma'lumotga katta e'tibor qaratdi. Shuningdek, u kafolatlangan ish o‘rinlari va arzon uy-joy uchun kurashishga va'da berdi, AQSh immigratsiya politsiyasini tarqatishga chaqirdi. Saylovdan bir hafta avval u hatto Texasga borib, immigratsiya politsiyasining noqonuniy muhojirlar oilalarini ajratib yuborish bo‘yicha harakatlariga qarshi norozilik aksiyasida ishtirok etdi.

Foto: Zuma / Mega / Scanpix / LETA

Aleksandriya Okasio-Kortes praymerizda g‘alaba qozonganiga o‘zi ishonmadi. Ovoz berish natijalari e'lon qilingan vaqtda u Bronksdagi bilyard barda edi. Televizor ekranida unga berilgan ovozlar foizi ko‘rsatilgach, u baqira boshladi, jurnalistning izoh berish haqidagi iltimosiga esa, so‘z topa olmayotganini aytdi. «Bu g‘alaba pul xayriya qilgan, menga ishda yordam bergan, ham ishlab, ham bola boqayotgan, har bir onaga tegishlidir», - deya minnatdorlik bildirgan u saylovchilarga.

Mavzuga oid